Turkiyaning insonparvarlik yordamlari uzoq masofalarni yaqinlashtirib, muhtojlarga umid baxsh etmoqda. Oziq - ovqat paketlari orqali boshlagan bu yordamlar, inqirozlar insonlarni bir – biridan ajratishi ammo mehr – shavqat esa birlashtirishini yaqqol namoyon etmoqda.
Sudandagi insoniy inqiroz borgan sari avj olar ekan 1600 tonnadan ortiq insonparvarlik yordam ashyosi tashigan turk kemasi poytaxt Port - Sudanga yetib bordi.
Ikkinchi yaxshilik kemasi sifatida ifoda etilgan mazkur kema, Inson haq va erkinliklari Insoniy yordam jamg‘armasi tomonidan yo‘lga chiqarildi. Unga oziq - ovqat, kiyim - kechak, gigiyena vositalari va boshpana materiallaridan iborat 1605 tonna yuk ortildi.
Kema dushanba kuni portga yetib borganida Turkiyaning Xartumdagi elchisi Fatih Yildiz, Inson haq va erkinliklari boshqaruv kengashi a’zosi Mehmet Enes Arikan, Sudan Insoniy yordam komissari Selva Adem va boshqa mahalliy rasmiylar tantanali marosim bilan kutib olindi.
Fatih Yildiz «Anado‘lu» (Anadolu) agentligiga mavzu haqida bergan bayonotida: «Bu, urush boshlanganidan beri Turkiya yuborgan to‘rtinchi insonparvarlik yordam kemasidir. Ulardan ikkitasi Tabiiy Ofat va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, bu esa Inson haq va erkinliklari boshqaruv kengashi tomonidan tayyorlandi». - dedi.
Yildiz ushbu missiyaning ramziy va amaliy ahamiyatiga ham e’tibor qaratgan holda Sudan poytaxtidagi vaziyat yaxshilanayotgani haqida xabarlar kelayotganini o‘z so‘ziga ilova etdi.
«Bunday kemaning kelishi nafaqat biz, balki Sudan xalqi kayfiyatini ham ko‘tardi. Xartumning ozod etilishi arafasida yuz berayotgan bunday voqea, birlik va hamjihatlik qay darajada muhim ekanini yaqqol o‘rtaga qo‘ymoqda», - dedi.
Inson haq va erkinliklari boshqaruv kengashi vakili Arikan, Sudan xalqini qo‘llab - quvvatlashni davom etishlarini ifoda etdi va mavjud inqiroz 2023 - yilning 15 - apreli kun bir - biriga raqib bo‘lgan ikki boshqa harbiy guruh o‘rtasida keskin kurash boshlashi ortidan davom etganini qayd etdi.
«Yaxshilik rahbarimiz, Sudan safarimiz» degan shior bilan faoliyatlarimizni davom etamiz. Mahalliy hokimiyat va insoniy yordam hamkorlari bilan ish olib borish orqali yordamga eng muhtoj insonlarga yetib bosih niyatidamiz», - dedi.
Yordam yuklari yaqin kunlarda Sudandagi urushdan ziyon ko‘rgan hududlarga yetkazib beriladi. Bu orqali o‘z uy - joyidan mahrum bo‘lgan, oziq - ovqat tanqisligi yuzasidan to‘yib ovqatlanmagan va eng asosiy xizmatlarga erishish imkoni ham bo‘lmagan insonlar yukini yengillatadi.
Sudandagi vaziyat
Sudanda davom etayotgan urushlar paytida, urush davri poytaxti sifatida qayd etilgan Port - Sudanda yana portlashlar eshitildi. Bu, harbiylashtirilgan kuchlar armiyasiga qarashli hukumat nazoratidagi markazlarga qarshi hujum boshlashi ortidan ketma - ket sodir bo‘lgan uchinchi kundagi shiddatli hodisadir.
2023 - yilning 15 - aprelidan beri harbiylashtirilgan tezkor qo‘llab - quvvatlash kuchlari Sudan nazoratidagi armiya bilan urushyapti. Bu holat minglab inson o‘limiga va dunyoning eng yomon insoniy inqirozlaridan biriga yo‘l ochmoqda.
Ammo amerikalik olimlar tomonidan olib borilgan faoliyatlar, halok bo‘lganlar soni 130 000 nafarga yetgan bo‘lishi mumkinligini ifoda etmoqda.