Kanada, Falastin yetakchiligi tomonidan muhim islohotlar amalga oshirilishi sharti bilan 2025 - yilning sentabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80 - sessiyasida Falastin Davlatini tan olishini e’lon qildi.
Bosh vazir Mark Karni mavzu haqida bergan bayonotida: «Kanada mustaqil va barqaror Falastin davlati bilan Isroil davlatining tinch - totuv va xavfsizlik ichida yonma - yon yashashiga imkon beruvchi ikki davlat asosidagi yechim yo‘liga uzoq vaqtdan beri sodiq bo‘lib kelmoqda», - dedi.
Karni shuningdek: «Muammo o‘n yillardan beri Isroil hukumati bilan Falastin yetakchiligi o‘rtasida muzokara yo‘li orqali hal qilinadi degan umidda edik ammo bugungi kunga kelib eski tinchlik jarayonini davom ettirish imkonsiz holga keldi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Karni tinchlik jarayonini izdan chiqargan bir necha moddani sanab o‘tdi. Ular orasida ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi Isroil aholi punktlarining tezkor kengayishi, Isroil parlamentining G‘arbiy Sohilning ayrim qismlarini anneksiya qilishga qaratilgan harakatlari va G‘azodagi gumanitar inqirozning chuqurlashishi biln bir qatorda insonparvarlik yordamiga erishish imkoni cheklangani qayd etildi.
Bosh vazir Karni so‘zlari davomida: «Tinch aholining azob - uqubatlari ortib bormoqda. Shunday ekan xalqaro hamjamiyat tezlik bilan chora ko‘rishi shart», - dedi.
Kanadaning Falastinni tan olishlari uchun bir sharti bor
Kanadaning Falastinni tan olishi Falastin yetakchiligi tomonidan boshqaruv islohotlari amalga oshirilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Buning uchun Prezident Mahmud Abbos 2026 - yili Hamas ishtirokisiz umumiy saylovlar o‘tkazishga majbur va kelajakdagi Falastin davlati qurolsizlantirilishi shart.
Karni, shuningdek, 7 - oktabr kuni Hamas tomonidan olib qochirilgan mahbuslarning darhol ozod qilinishi, guruhning qurolsizlanishi va Falastin boshqaruvida hech qanday rol o‘ynamasligi zarur.
«Kanada, Yaqin Sharqda tinchlik va xavfsizlik ichida yashagan mustaqil davlat sifatida Isroil o‘rnini har doim qat’iy qo‘llab - quvvatlaydi», - degan Karni o‘z so‘zida:
«Isroil uchun barqaror tinchlikka erishishning birdan bir yo‘li Isroilning voz kechilmas xavfsizlik va tinchlikka bo‘lgan ajralmas huquqini tan olgan, barqaror va ishonchli Falastin davlatini talab qiladi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Karni Kanada xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ishonchli tinchlik rejasini ishlab chiqish va G‘azoga keng ko‘lamli insonparvartlik yordami yetkazib berilishini ta’minlash ustida ish olib borayotganini ta’kidladi.
«Kanada mintaqada adolatli, mazmunli va barqaror tinchlikni barpo etishda konstruktiv hamkor bo‘ladi; bu barcha falastinlik va isroilliklarning qadr - qimmati, xavfsizligi va intilishlarini hurmat qiluvchi tinchlikdir», - dedi.