TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an Vengriyada Turkiy Davlatlar Tashkiloti sammitida ishtirok etadi
Erdo‘g‘an Turkiy Davlatlar Tashkilotining Sharq bilan G‘arb o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashni ko‘zlagan bir davrda, hamkorlikni oshirishga qaratilgan turkiy liderlar sammitida ishtirok etish uchun bugun Budapeshtda bo‘ladi.
Erdo‘g‘an Vengriyada Turkiy Davlatlar Tashkiloti sammitida ishtirok etadi
12 соат олдин

Prezident Rejep Tayyip Erdogan bugun Budapeshtga tashrif uyushtiradi. Bu haqida Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Faxrettin Altun ma’lumot bo‘lishdi. Ushbu ma’lumotga ko‘ra Prezident Erdo‘g‘an mazkur tashrifi chog‘ida, Turkiy Davlatlari Tashkiloti (TDT) tomonidan turkiy davlatlari ortasidagi hamkorlikni kuchaytirish maqsadida uyushtirgan norasmiy sammitda ishtirok etadi.  

«Sharq bilan Garbning uchrashish nuqtasi» degan nom ostida uyushtirilgan sammit, 2025 - yilning 20 – 21 – mayi kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida otkaziladi.

Liderlarning Turkiy Davlatlari Tashkilotining institutsional tuzilmasini mustahkamlash masalasi ustidan olib borilgan faoliyatlarni korib chiqishi va Budapesht Deklaratsiyasi jumladan muhim qarorlar qabul qilishi kutilmoqda.

Prezident Erdogan shuningdek sammit doirasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Davlat rahbarlari kengashi yigilishida ham ishtirok etadi.

Turkiy Davlatlari Tashkiloti

Faxrettin Altun kecha bergan bayonotida qayd etganidek, Prezident Erdog‘an sammit doirasida unda ishtirok etgan koplab liderlar bilan o‘zaro uchrashuvlar o‘tkazadi. Uchrashuvda, Turkiyaning Turk dunyosi bilan bo‘lgan aloqalarini chuqurlashtirishda qay darajada qarorli ekanini ta’kidlaydi.

Turkiy Davlatlari Tashkilotiga Turkiya, Ozarbayjon, Qozogiston va Qirgiziston to‘liq a’zodir. Vengriya, Turkmaniston va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi esa kuzatuvchi maqomiga ega.

Vengriyaning ushbu sammitga mezbonlik qilishidan maqsad, Turk dunyosi hamkorligi orqali Sharq bilan Garb munosabatining mustahkamlanishida muhim rol oynashdir.

Bu sammit, ortib borayotgan mintaqaviy va geopolitik murakkabliklar davrida amalga oshirilmoqda. Eng muhimi, tashkilotga to‘liq a’zo bo‘lgan davlatlar bilan kuzatuvchi davlatlarga madaniy, tarixiy va strategik aloqalar orqali ildiz otgan umumiy maqsadlar va birlikni qayta tasdiqlash imkoni bermoqda.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us