TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Hakan Fidan Bolqon davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi
Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Istanbulda Bosniya-Gersegovina, Serbiya, Shimoliy Makedoniya va Chernogoriya TIV rahbarlari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Hakan Fidan Bolqon davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi
27 июл 2025

Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Istanbulda Bolqon Tinchlik platformasining Tashqi Ishlar vazirlari yig‘ilishi doirasida Bosniya - Gersegovina, Serbiya, Shimoliy Makedoniya va Chernogoriya Tashqi Ishlar vazirlari bilan alohida - alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Turkiya Tashqi Ishlar vazirligining «X» ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasi orqali berilgan bayonotga ko‘ra Hakan Fidan shanba kuni Bosniya - Gersegovinadan Elmedin Konakovich, Serbiyadan Marko Durich, Shimoliy Makedoniyadan Timcho Mujunski va Chernogoriyadan Ervin Ibrahimovich bilan uchrashdi.

Mazkur uchrashuvlar Turkiya tashabbusi bilan Istanbulda boshlatilgan va bir necha Bolqon davlati ishtirokida tashkil etilgan Bolqon Tinchlik platformasining ilk sessiyasi doirasida o‘tkazildi.

Platforma mintaqadagi davlatlar o‘rtasidagi muloqot, o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlash hamda mintaqadagi umumiy muammolarga barqaror yechimlar topishni maqsad qilgan.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us