Internet bizni bir zumda ko'plab ma'lumotlar, o'yin-kulgi va bir-birimizga bog'laydi. Bu kunimizda zaruratga aylandi desak adashmagan bo’lamiz, lekin Yer yuzida hali ham internetga kirish imkoniga ega bo'lmagan ba'zi joylar mavjud.
Statistica’ning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, internet foydalanuvchilari soni 5,44 milliardni tashkil qiladi. Bu shuni anglatadiki, dunyo aholisining deyarli uchdan bir qismi hamon internetga erisha olmaydi. Kirish cheklangan yoki mavjud emas, ayniqsa kam daromadli va rivojlanayotgan mamlakatlarning qishloq hududlarida. Ammo dunyodagi eng boy tadbirkor Ilon Mask buni o'zgartirishga harakat qilmoqda.
Bugun sizlar bilan Ilon Maskning "Starlink" loyihasi va nima uchun so'nggi paytlarda ko'plab internet sun'iy yo'ldoshlari yonib ketayotgani haqida suhbatlashamiz. Siz TRT Globalda "Starlink sun'iy yo'ldoshlarining xavfi" nomli podkastni tinglayabsiz.
Ushbu dastur TRT Global maqolalarini audio formatda taqdim etadi. Ushbu podcast 2025-yil 7-fevralda nashr qilingan “Ilon Maskning Starlink sun’iy yo‘ldoshlari nima uchun osmonda yonmoqda?” degan maqolasidan tayyorlangan.
Ilon Mask tomonidan asos solingan SpaceX aerokosmik kompaniyasi o'zining "Starlink" loyihasini 2015 yil yanvar oyida e'lon qildi. O'sha paytda unga nom berilmagan bo'lsa-da, minglab sun'iy yo'ldoshlardan iborat "mega-yulduz turkumlari" deb ataldi. Ular Yer orbitasidan uzoqda joylashgan an'anaviy internet sun'iy yo'ldoshlaridan farqli o'laroq, ancha yaqinroq.
Sun'iy yo'ldoshlar Yerdan taxminan 550 kilometr balandlikda joylashgan, shu sababli ular ko'rish uchun yetarlicha yaqin! Ular marvaridlar qatori yoki tungi osmonda yorqin chiroqlar tizimi kabi ko'rinishi mumkin.
Amerikalik muxbirning xabar berishicha, sun'iy yo'ldoshlar tonggi soat 6:30da Boston shahri samolarida kuzatiladi. U Foksboroda Carrier Greeny ismli fuqaro bilan suhbatlashdi. Greeny turnaqator chiroqlarni ko'rishi bilan ularni o'zga sayyoraliklar deb o'ylagan.
2025-yil 30-yanvar holatiga ko‘ra, orbitada 6994ta Starlink sun’iy yo‘ldoshi mavjud. Astronom Jonatan Makdauellning veb-saytida kuzatilgan ma'lumotlarga ko'ra, ulardan 6957 tasi faol vaziyatda.
AQSh Federal komissiyasi, SpaceX kompaniyasiga 12 000ta Starlink sun’iy yo‘ldoshini uchirishga ruxsat berdi. Biroq, Ilon Mask kompaniyasi 30 000ta qo‘shimcha kosmik kemani uchirish uchun murojaat qildi.
Qayd etilishicha, Starlinkdan oldin butun tarix davomida 14 500ga yaqin sun'iy yo'ldosh uchirilgandi. Yevropa kosmik agentligi ma'lumotlariga ko'ra, ularning yarmiga yaqini ya’ni, 6,800 nafari hamon faol vaziyatda.
Starlink sun'iy yo'ldoshlarining soni va ularning bizga yaqinligi internetga kirishni tezroq va ishonchli qildi. Bu, ayniqsa, chekka hududlar va mojaro zonalari uchun muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
Ilon Mask Starlinkni 5G va fiber o'rtasidagi bo'shliqlarni to'ldiradigan narsa sifatida ta'riflaydi. Maqsad kirish qiyin bo'lgan joylarda odamlarni internet bilan ta'minlashdir.
Ammo, Starlinkning bitta kamchiligi bor: bu sun'iy yo'ldoshlarning ishlash muddati taxminan besh yil. Ular o'z missiyasini bajarib bo'lgach, orbitadan chiqariladi. Bu ularning atmosferaga qaytayotganda yonishini anglatadi. Starlink sun'iy yo'ldoshi yonganda esa, ozon qatlamiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan kimyoviy moddalarni chiqaradi.
Birgina yanvar oyida 120ta sun’iy yo‘ldosh qulab tushdi va yonib ketdi. Ular osmonni olov sharlari kabi yoritdilar. 2025-yil 29-yanvarda ushbu olov sharlarining 62 tasi AQShning Viskonsin, Michigan va Illinoys shtatlarida kuzatilgan.
Har bir birinchi avlod sun'iy yo'ldoshining og'irligi taxminan 260 kilogrammni tashkil qiladi va taxminan 30 kilogramm alyuminiy oksidi ishlab chiqaradi.
Ma'lumki, bu birikma ozon qatlamini noziklashtiradi. Ammo yangi sun'iy yo'ldoshlar 800 kilogrammgacha vaznga ega bo'lishi va ko'proq kimyoviy moddalarni chiqarishi mumkin.
Alyuminiy oksidi shunchaki muammo emas. 2023-yilda o'tkazilgan tadqiqot shuni ko'rsatadiki, ustimizdagi atmosfera qatlami niobiy, gafniy va mis kabi metallar bilan tobora ko'proq ifloslangan.
Bu metallar atmosferada tabiiy ravishda uchramaydi; ular yonayotgan sun'iy yo'ldoshlarning yon mahsulotidir. 2016 va 2022-yillar oralig'ida bu metallarning mavjudligi sakkiz baravar oshdi. Starlink o'z yulduz turkumini kengaytirish rejalari bilan bu muammo faqat tezlashadi.
Xo'sh, bu biz uchun nimani anglatadi? Yerdagi hayotni zararli ultrabinafsha nurlanishidan himoya qiluvchi ozon qatlami allaqachon stress ostida. Atmosferaga ko'proq ozon qatlamini buzuvchi birikmalar qo'shilishi muammoni yanada kuchaytirishi mumkin.
Bundan tashqari, astronomlar bu yorqin, orbital jismlar ularning koinotni kuzatishlariga xalaqit berishidan xavotirda. Shuningdek, kosmik parvozlar xavfsizligi bo'yicha mutaxassislar Starlinkni Yer orbitasidagi to'qnashuv xavfining birinchi raqamli manbai sifatida ko'rishadi.
Starlink texnologiyasi bir inqilob desak mubolag'a bo'lmaydi. U ilgari kirish imkoni bo'lmagan joylarda internetga kirish imkonini beradi.
Biroq, ko'proq kompaniyalar kosmosga tomon kengayib borayotgani sayin, mas'uliyatli amaliyotlarga bo'lgan ehtiyoj yanada dolzarb bo'lib qoladi. Savol faqatgina global sun'iy yo'ldosh tarmog'ini qurishimiz emas, balki uni buni barqaror amalga oshirib, oshirmasligimizda.
Bugungi mavzu shulardan iborat. Ushbu podkast "TRT World"ning maqolasidan tayyorlangan.