IQTISODIYOT
2 daqiqa o'qish
Bug‘doy ortilgan yuk tashuvchi kemalar birinchi marta Latakiya portiga yetib bordi
Bug‘doy ortilgan yuk tashuvchi kemalar Bashar al - Asad rejimi qulaganidan beri birinchi marta Latakiya portiga yetib bordi.
Bug‘doy ortilgan yuk tashuvchi kemalar birinchi marta Latakiya portiga yetib bordi
21 апрел 2025

Bug‘doy ortilgan yuk tashuvchi kema Suriyaning shimoliy - g‘arbidagi Latakiya portiga yetib bordi va bu orqali o‘tgan yili Bashar al - Asad rejimi qulaganidan beri birinchi marta mamlakatga bug‘doy yetkazib berildi.

Mamlakatning SANA axborot agentligi haftaning yakshanba kuni bergan bayonotida, «Suriyaning ozod etilishi va sobiq rejim qulaganidan beri birinchi marotaba bug‘doy ortilgan yuk tashuvchi kemalar Latakiyaga yetib bordi», - dedi.

Yuqorida nomi tilga olingan axborot agentligi, bug‘doyni Suriyaga kim yoki kimlar yuborgani yoki kemadagi bug‘doy miqdori haqida hech qanday ma’lumot bermadi.

Mahalliy axborot vositalari xabariga ko‘ra Suriya hukumati mart oyida 200 ming tonna bug‘doy xarid qilib olish uchun tender e’lon qilgan edi. Bu esa, Asad rejimi qulaganidan keyin qayd etilgan eng yirik bug‘doy xarid qilib olish tashabbusi sifatida qabul qilindi.

Dekabr oyida sobiq rejim qulaganidan keyin Rossiya Suriyaga nisbatan yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan bug‘doy eksportini to‘xtatdi. Mamlakat bu orqali Asad hukumati davrida muntazam ravishda davom etgan bug‘doy eksportiga butunlay nuqta qo‘ydi.

Bunga javoban Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Jahon Oziq - ovqat dasturi bilan hamkorlikda «Ukrainadan bug‘doy» insonparvarlik yordam tashabbusi doirasida Suriyaga 500 tonna un yetkazib berilganini ma’lum qildi.

Shu o‘rinda yangi tashkil etilgan Suriya yetakchiligi mamlakatning bug‘doy ehtiyojlarini ta’minlash va savdo aloqalari, ayniqsa qo‘shni Turkiya bilan tiklash ustida ish olib bormoqda.

Turkiya Un sanoatchilari federatsiyasi rahbari Erhan Gunhan Uluso‘y joriy yilning fevral oyida Anado‘lu agentligiga bergan intervyusida, Turkiya 2025 - yili Suriyaga 400 ming tonnadan ortiq bug‘doy uni eksport qilishi haqida xabar bergandi.

Suriyani taxminan 25 yil boshqargan Asad, o‘tgan yilning dekabr oyida Rossiyaga qochib ketish orqali Baas partiyasining 1963 - yili boshlagan o‘nlab yillik hukmronligini yakunladi.

Yanvar oyining oxirida Suriyada o‘tish davri ma’muriyati tashkil etilib konstitutsiya, xavfsizlik xizmatlari, qurolli guruhlar, parlament va Baas partiyasi tarqatib yuborildi.

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us