Go‘lan tepaligi nima uchun muhum?
DUNYO
4 daqiqa o'qish
Go‘lan tepaligi nima uchun muhum?Go‘lan tepaligining ahamiyati va Isroilning nazorat qilish sa’y – harakati ma’lum qilindi.
10 март 2025

Go‘lan tepaliklari Tev – Aviv uchun milliy xavfsizlik jihatidan alohida o‘ringa ega. Chunki, bu hudud, Isroilga qo‘shni uchta mamlakatni tepadan nazorat qilish imkoni beradi.

O‘n yillardan beri hududlarni bosib olish jarayonini davom ettirgan Isroil, 1967 - yili qonunga xilof ravishda egallab olgan 1.800 kvadrat kilometrlik Suriya hududidagi Go‘lan tepaligida aholi turar – joy punktlarini kengaytirish rejalari borligini ma’lum qildi.

Strategik ahamiyatga ega bo‘lgan bu hudud Suriya, Isroil, Livan va Iordaniya kabi to‘rtta mamlakatni ko‘rib turgan nuqtada joylashgan va mo‘jarolar davom etayotgan mintaqada harbiy jihatdan ustunlik beradi.

Isroil hukumati Go‘lan tepaligida demografik o‘sishni rag‘batlantirish uchun 11 million dollardan ortiq mablag‘ ajratdi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Go‘lan tepaligidagi aholi sonini ikki barobarga ko‘paytirmoqchi. Hatto mavzu haqida: «Bu hududni qo‘limizda tutishni davom etamiz va uni rivojlantirib, aholi turar – joy punktlari tashkil etamiz», - dedi.

Tel – Aviv, Go‘lan tepaligini Isroilning milliy xavfsizligi uchun muhim aktiv sifatida ko‘radi. Buning sababi, strategik jihatdan muhim bo‘lgan bu plato, Isroilga qo‘shni uchta mamlakat ustidan harbiy ustunlik ta’minlashidir.

Netanyaxuning ikki yuzlamachiligi

Isroil bilan Suriya o‘rtasida yarim asrdan beri davom etgan otashkesim, 8 – dekabr kuni buzildi. Isroil tanklari o‘nlab yillardan beri Isroil ishg‘oli ostidagi bufer zona deb nomlangan va Isroil bilan Suriya o‘rtasidagi qurolsizlantirilgan hududga kirdi.

Isroil kuchlari nafaqat tog‘ning Suriya tomoniga yetib bordi, balki yangi mudofaa bufer zonasini tashkil etish uchun nomi tilga olingan hududga askar joylashtirdi.

Isroil o‘zining harbiy harakatini, Damashqdagi hukumatning o‘zgarishi otashkesim tartiblariga ta’sir qilgani va yangi hukumat tomonidan tahdid kelgudek bo‘sla unga qarshi mutlaqo chora ko‘rilishi zarurligi bilan oqladi.

Go‘lan tepaligining sharqiy qismi tomon qadam tashlanishini Netanyaxu, «munosib tartib yo‘lga qo‘yilgunga qadar vaqtinchalik mudofaa pozitsiyasi» - degan so‘zlar bilan izoh etdi.

Ammo The Economist jurnali aynan shu jumlaning ibroniy tilida berilgan bayonotda o‘rin olmagani, shu bois ham Netanyaxuning bu so‘zlarni xalqaro hamjamiyatni sokinlashirish uchungina ingiliz tilidagi bayonotga ilova etganini shama qildi.

Bir hafta o‘tgach Netanyaxu, ishg‘ol ostidagi Go‘lan tepaligida aholi turar – joy punktlarini kengaytirish rejasini e’lon qilib, bu harakat Suriya chegarasida Asad rejimi qulashidan keyingi yangi jabha ochilgani bois zarur holga aylanganini qayd etdi.

Durzi va cherkes xalqining uyi

1967 - yilgacha Suriya nazoratida bo‘lgan Go‘lan tepaligi asosan durzi va cherkes xalqi yashagan joy edi. Suriyaning harbiy kuchlari Go‘lan tepaligining baland joyidan foydalangan holda 1967 - yildagi olti kunlik urushda Isroil aholisini bombalagan. Isroilning bu urushni yutishi esa strategik ahamiyatga ega bo‘lib, Suriya hujumlariga qarshi bufer zona tashkil etishga yordam beri va Taberiya ko‘li kabi muhim suv resurslari ustidan nazoratni o‘z qo‘liga oldi.

Isroil 2024 - yili xuddi shu usuldan foydalangan holda ishg‘ol ostidagi Go‘lan tepaligining narisidagi, ilgari qurolsizlantirilgan bufer zonaga qadar davom etgan yutuqlarini mustahkamlashga harakat qilmoqda.

Netanyaxu, Isroil armiyasidan, Suriyadan keladigan potentsial tahdidlarni yo‘q qilish va terror unsurlari tomonidan Isroil chegaralariga yaqin nuqtada baza qurilishiga monelik qilishlarini talab qldi.

1967 - yilgi urush, hududdagi 130 000 kishilik arab aholisining yirik qismini o‘z uy – joyidan mahrum qildi. Isroil keyinchalik nomi tilga olingan hududda yahudiy turar – joy punktlari qura boshladi va Go‘lan tepaligi xavfsizlik va rivojlanish uchun muhim ekanini ta’kidladi.

Hozirda ishg‘ol ostidagi va Suriyaning janubiy - g‘arbidagi Go‘lan tepaligida taxminan 50 000 kishi yashaydi. Ularning yarmi Isroildan kelgan, qolgani esa Isroil aholisining 1.6 foizini tashkil etuvchi va islom dinining shia mazhabiga e’tiqod qiluvchi durzilardan iborat.

Durzilar Go‘lan mintaqaviy kengashiga kiritilgan 33 ta yahudiy aholi punktida yashaydilar. Bu turar – joylar xalqaro huquqqa ko‘ra noqonuniydir.

Suriya, 1973 - yildagi Yom Kippur urushida Go‘lan tepaligini qaytarib olmoqchi bo‘ldi ammo undagi tashabbus muvaffaqiyatli natija bermadi. Ko‘p o‘tmay, 1974 –yili, Isroil bilan tuzilgan shartnomalardan biri Tel - Avivning ba’zi Suriya hududlarini nazorat qilishdan voz kechishga majbur qildi ammo Go‘lan tepaligi esa Isroil ishg‘oli ostida qolaverdi.  

Isroil 1981 - yili Go‘lan tepaligini bir tomonlama anneksiya qilib oldi va bu harakat xalqaro sohada hech qachon tan olinmadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi, nomi tilga olingan anneksiyani «hukmsiz» deb e'lon qildi.

Dunyoning hech qaysi davlati Go‘lan tepaligini Isroilning hukmronligi sifatida tan oladi. Toki, 2019 – yilning mart oyida Amerika Qo‘shma Shtatlarining nomi tilga olingan tepalikni Isroilning bir qismi sifatida tan olishiga qadar.

Netanyaxu ishg‘ol ostidagi tuproqlarda turar – joy punktlarini kengaytirishga harakat qilgani bois mamlakatda katta muxolifatga duch kelmoqda.

Sobiq Isroil Bosh vaziri Ehud O‘lmertning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning Go‘lan tepaligida yoyilishi yoki kengayishi shart emas. Hatto buning uchun hech qanday sabab ham yo‘q.

«[Netanyaxu] aytdiki, biz Suriya bilan mo‘jaroni keskinlashtirishni istamaymiz va endi Suriyadagi yangi isyonchilar bilan urushishga majbur qolmaymiz degan umiddamiz. Xo‘sh, unda, nima uchun buning aksini qilyapsiz? Usiz ham hal qilishimiz kerak bo‘lgan muammolarimiz bor».

 

 

TRT Global'ni nazar soling. Fikringizni bildiring!
Contact us