SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Zelenskiy Putinning urushni to‘xtatishni nazarda tutgan taklifini ijobiy baholadi
Ukraina Prezidenti Rossiyaning urushni to‘xtatishni nazarda tutgan taklifini ijobiy baholab, o‘q uzishni butunlay to‘xtatish sharti qabul qilingudek bo‘lsa unda Rossiya bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga tayyor ekanini bildirdi.
Zelenskiy Putinning urushni to‘xtatishni nazarda tutgan taklifini ijobiy baholadi
11 май 2025

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Rossiya - Ukraina o‘rtasida davom etayotgan urushini to‘xtatish ehtimolini nazarda tutgan bayonotlar ortidan ehtiyotkorlik bilan ijobiy tusda ma’lumot bo‘lishdi.

Zelenskiy bugun «X» platformasi orqali bergan bayonotida, Ukrainani vayron qilgan va uzoq vaqtdan beri dunyo kun tartibini band qilib kelgan urush haqidagi oxirgi bayonotlar, nomi tilga olingan voqea borasida burilish nuqtasi bo‘lishi mumkinligini qayd etdi. Eng muhimi uni, ijobiy tusda baholadi va «Ruslarning urushni to‘xtatish haqidagi fikri yaxshilikning dalolati», - dedi.

Butun dunyo urushning to‘xtashini kutyotganini ta’kidlagan Zelenskiy, «Har qanday urushni to‘xtatishning ilk qadami tinchlik kelishuvidir», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Shuningdek: «Rossiya ertaga, 12 - maydan e’tiboran Ukrainada o‘q uzishni butunlay to‘xtatish shartini qabul qilgudek bo‘lsa unda to‘g‘ridan - to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga tayyormiz», - dedi.

Bundan tashqari AQSh Prezidenti Donald Tramp o‘zining «Truth Social» ijtimoiy tarmoq platformasida bergan bayonotida, otashkesim yo‘lga qo‘yilishi uchun ikkala tomon bilan ham hamkorlik qilishga, birgalikda ish olib borishga tayyor ekanini bildirdi.

Istanbul kelishuvi

«Interfax» axborot agentligi Kremlning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Yuriy Ushakov tomonidan yakshanba kuni berilgan bayonotga asoslangan xabarga ko‘ra Davlat rahbari Vladimir Putin taklif qilgan Rossiya - Ukraina tinchlik muzokaralari ham maydondagi hamda 2022 - yili olib borilgan muzokaralarni nazarda tutmoqda.

Putin bugun bergan bayonotida, 15 - mayda Istanbulda Ukraina bilan togridan - togri muzokaralar otkazilishini taklif qilgandi.

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us