Ekvador hukumatining iddao etishicha Noboa rasmiy ravishda o‘z vazifasini boshlashi oldidan chet ellik suiqasdchilar hujum uyushtirib, tartibsizlik va to‘z – to‘polon chiqarishni rejalashtirmoqda. Eng yomoni, saylovda mag‘lub bo‘lgan jinoyatchi guruhlar bilan siyosiy fraksiyalar tili biriktirib, hamkorlik qilishi mumkin.
Ekvador hukumati, prezidentlikka saylangan Daniel Noboaga qarshi suiqasd uyushtirilishi mumkinligi haqidagi razvedka ma’lumotlariga tayangan holda mamlakatda xavfsizlik choralarini maksimal darajada kuchaytirdi.
Ekvador Ichki Ishlar vazirligi shanba kuni «X» platformasi orqali bergan rasmiy bayonotida: «Prezident, davlat rasmiylari va jamoat xodimlarining hayotiga ziyon yetkazuvchi tashabbuslarni keskin qoralaymiz va rad etamiz. Shu bois ham mamlakatda xavfsizlik chora - tadbirlari maksimal darajada kuchaytirildi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra suiqasdchilar Ekvadorga Meksika va boshqa davlatlardan terror hujumlari uyushtirib, tartibsizlik va to‘s - to‘polon chiqarish niyatida kirgani iddao etilmoqda.
Hukumat o‘z bayonotida, saylovda mag‘lub bo‘lgan siyosiy qatlamlar bilan til biriktirgan jinoiy tashkilotlar haqida gapirdi ammo ular nomini tilga olmadi.
Bayonotda shuningdek: «Bu harakatlar orqali faqatgina hukumat beqarorlashtirilmoqchi emas; ayni vaqtda Ekvadorning demokratiyasi, tinchligi va huquqiy tizimi zaiflashtirilmoqchi», - deyildi.
Vazirlikka ko‘ra Qurolli kuchlar, Milliy politsiya va razvedka agentliklari tahdidlarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun hamkorlikda ish olib bormoqda.
Bayonotda: «Qay darajada qarorli ekanimizni sinab ko‘rmoqchi bo‘lsalar unda bunga qarshi to‘liq kuch - qudratimiz bilan javob beramiz. Biz g‘alabaga erishgan tomonmiz va yutuqlarimiz davom etadi. Mana shular unitilmasligi zarur», - degan ifodalarga o‘rin berildi.
Saylov hiylasi
Vazirlikning bu e’loni, mamlakatdagi siyosiy keskinliklar kuchaygan bir paytda ovoza qilindi.
Eslatib o‘tamiz:
Daniel Noboa 13 - aprel kuni bo‘lib o‘tgan ikkinchi bosqichdagi salovda Luisa Gonsalesni mag‘lub etdi ammo Gonsales uni saylovda hiyla qilganlikda aybladi.
Ekvadorning saylov kengashi bilan xalqaro kuzatuvchilar uning bu iddaolarini rad etdi.
Gonsalesni qo‘llab - quvvatlagan Meksika Prezidenti Klaudiya Sheynbaum Noboa g‘alabasini tan olmadi.
Noboaga qarshi suiqasd rejalari haqidagi xabarlar tarqalishi ortidan, Meksika Tashqi Ishlar vazirligi har qanday aralashuvlarni rad etdi va mavzu haqida: «Mamlakatimiz har doim boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga amal qiladi». - dedi.
Kolumbiya ham hali hanuz Ekvador saylovlari natijalarini rasmiy ravishda tan olmadi.
Joriy yilning 24 - mayi kuni qasam ichib o‘z vazifasini boshlashi rejalashtirilgan Noboani murakkab vazifalar kutmoqda. Ulardan biri, yil boshida bir soatda bir jinoyat qayd etilgan mamlakatni barqarorlashtirishdir.