MADANIYAT
2 daqiqa o'qish
Yaponiyadagi 2025 Expo Butunjahon yarmarkasiga 28 million kishi tashrif buyurishi kutilmoqda
Oltimish yillik ko'rgazma 158 dan ortiq mamlakatni, jumladan, raqobatchi AQSh va Xitoyni bir joy jamlaydi.
Yaponiyadagi 2025 Expo Butunjahon yarmarkasiga 28 million kishi tashrif buyurishi kutilmoqda
Expo 2025 opens in Osaka / Reuters
13 апрел 2025

«Expo» xalqaro korgazmasi Yaponiyaning Osaka shahrida o‘z ishini boshladi. Roppa – rosa 6 (olti) oy davom etadigan tadbirda 158 ta davlat ishtirok etadi. Ular orasida, ashaddiy raqib davlatlardan AQSh va Xitoy ham bor. «Kyodo News» tomonidan yakshanba kuni tarqatilgan ma’lumotga ko‘ra, yarmarkani 28.2 million nafar inson ziyorat qilishi kutilmoqda.

Asosan «Barqaror bir kelajak jamiyatini shakllantirish» mavzusi qo‘lga olinishi rejalashtirilgan yarmarka, Yaponiya iqtisodiyotiga 20 milliard AQSh dollari daromad olib kelishi aytilmoqda. Joriy yilning 13 – oktabriga qadar davom etadigan yarmarkaning rasmiy ochilish marosimini «Yaponiya 2025 Expo xalqaro yarmarka» uyushmasi raisi Masakazu Tokura, Osaka ko‘rfazidagi Yumeshima sun’iy orolida o‘tkazdi.    

Yarmarkadagi eng asosiy me’moriy unsurlardan biri bo‘lgan va «Buyuk halqa» (Grand Ring) deb nomlangan tuzilma, ikki kilometr kenglikdagi dunyoning eng yirik yog‘och arxitektura namunasi sifatida «Guinness» rekordlar kitobiga kiritildi. Uning me’mori Sou Fujimoto AFPga bergan intervyusida, korgazma, turli madaniyatlar va davlatlarni birlashtirish orqali xilma - xillik va hamjihatlik yaratuvchi qimmatli imkoniyat ekanini qayd etdi.

Yapon pavilyoniga tashrif buyurganlar 2000 - yili yapon tadqiqotchilari tomonidan Antarktidada topilgan «Mars meteoritini» yaqindan kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Osaka shahar hokimiyati bilan munitsipaliteti tomonidan tashkil etilgan sog‘liqni saqlash sohasidagi bo‘limda esa, iPS (induktsiyalangan pluripotent ildiz) hujayralaridan ishlab chiqarilgan yurak mushak to‘qimalari ham namoyish etilmoqda. Ko‘rgazmada ildiz hujayralardan tayyorlangan sun’iy yurak urishlari va suvo‘tlardan yasalgan «Hello Kitty» figuralari kabi qiziqarli tafsilotlarni ham taqdim etiladi.

Shanba kuni raqs va qo‘shiqlar hamrohligida bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida 1300 nafar inson ishtirok etdi. Ular qatorida Yaponiya Imperatori Naruxito va uning rafiqasi Masako bilan Bosh vazir Shigeru Ishiba ham bor edi.

Bosh vazir Shigeru Ishiba ushbu tadbir, bo‘lingan jamiyatda birlik va birdamlik tuyg‘usini qayta tiklashga yordam berishini qayd etgan holda: «Expo orqali butun dunyoda yana bir bor birlik va birdamlik hissini qayta tiklaymiz degan umiddaman. Ammo dunyoning turli mintaqalarida davom etgan to‘qnashuvlar va AQSh Prezidenti Donald Trampning tariflari yuzasidan paydo bo‘lgan iqtisodiy notinchlik bu niyatimizga yetishimizga qay darajada imkon berishi esa noma’lum» - deya gapirdi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us