Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Fetullohchi terror tashkiloti (FETÖ) tomonidan 2016 - yilning 15 - iyuli kuni qo‘l urilgan davlat to‘ntarishi tashabbusida ikki nafar o‘g‘li bilan kuyovi shahid bo‘lgan 99 yoshli Muzaffer Gulshen xolidan xabar oldi.
Prezident Erdo‘g‘an vitse - prezident Jevdet Yilmaz, Anqara gubernatori Vasip Shahin, Adolat va taraqqiyot partiyasining Anqaradagi deputati O‘smon Go‘kchek, nomi tilga olingan partiyaning Anqaradagi viloyat rahbari Hakan Xon O‘zjan va Qiziljahamam hokimi Suleymon Ajar bilan birgalikda Gulshenning Qiziljahamamdagi uyiga bordi.
Prezident Erdo‘g‘an, shaxsini kutib olgan mahalla ahli bilan qo‘l berib ko‘rishdi.
Ortidan Muzaffer Gulshenning uyiga borgan Prezident Erdo‘g‘an, oila a’zolari tomonidan kutib olindi.
Gulshen Erdo‘g‘an bilan bo‘lgan suhbati ortidan prezidentga to‘plagan pulini taqdim etib, uni Falastindagi bolalarga yetkazib berilishini iltimos qildi.
Buning ortidan Prezident Erdo‘g‘an o‘zining shaxsiy kotibi Hasan Do‘g‘anga pulni falastinlik bolalariga yetkazib berilishini buyurdi.
Shahid Lutfi Gulshenning o‘g‘li Metehan Gulshen ham uyda so‘z olib, otasi va ikki qarindoshining prezidentlik saroyida uyushtirilgan hujumda shahid bo‘lgani va bundan faxrlanganini ifoda etdi.
Gulshen: «Allohim joylarini jannatdan bersin. Alloh sizni har doim o‘z panohida asrasin. Sizni ko‘rganimizdan judayam xursandmiz», - dedi.