8 май 2025
Hindistonning Uttarakhand shtatida vertolyot halokati natijasida kamida olti yo‘lovchi halok bo‘ldi, deb xabar berdi davlat ommaviy axborot vositalari.
Davlatga qarashli Doordarshan News telekanali xabariga ko‘ra, Uttarkashi tumanidagi Ganganani issiq buloqlar hududi yaqinida sodir bo‘lgan ushbu halokatda yana bir kishi “jiddiy” jarohat olgan.
“Ma’muriyat va qutqaruv jamoalari vertolyot halokati joyida hozir bo‘lib, yordam ko‘rsatmoqda,” deyiladi xabarda.
Shtat bosh vaziri Pushkar Singh Dhami ma’muriyatga jarohatlanganlarga barcha imkoniyatlarni ishga solib yordam ko‘rsatishni va hodisani tekshirishni buyurdi.
“Men bu borada rasmiylar bilan doimiy aloqadaman va har bir vaziyatni kuzatib bormoqdaman,” deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.