Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi oltita agentlikning rahbarlari, boshqacha qilib aytganda Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA), Bolalar jamg‘armasi (UNICEF), Loyiha xizmatlari bo‘yicha byuro (UNOPS), Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam berish agentligi (UNRWA), Butunjahon oziq - ovqat dasturi (WFP) va Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) rahbarlari Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlari va hududni qamal ostiga olish sa’y – harakatining dahshatli ta’sirlariga e’tibor qaratdi. Mavzu haqida: «Dunyo, inson hayotini umuman hisobga olmagan holda olib borilayotgan urushga guvoh bo‘lmoqda. Bir oydan ortiq vaqtdan beri G‘azoga na tijoriy na insoniy masala yuzasidan kirish imkoni bo‘lmadi». – degan ifodalarga o‘rin berildi.
Unda shuningdek:
«2,1 million nafardan ortiq inson takror bombalanmoqda, ochlikka mahkum qilinib, qamal ostiga olinmoqda. Chegara darvozalarida oziq - ovqat, dori - darmon, yoqilg‘i va boshpana uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar yig‘ildi ammo ularni yetkazib berish imkoni yo‘q», - deyildi.
Bayonotda, sulh buzilishi ortidan o‘tgan ilk hafta ichida 1,000 nafardan ortiq inson halok bo‘lgani yoki tan jarohati olgani ifoda etilib: «Bu holat, oxirgi bir yil ichida G‘azoda bolalar orasida qayd etilgan eng yuqori bir haftalik o‘lim ko‘rsatkichi». – ekaniga e’tibor qaratildi.
Insonparvarlik yordamlarini yetkazib berish sa’y – harakatlari to‘xtab qolgani ham ta’kidlangan bayonotda: «Faqatgina bir necha kun oldin, sulh davrida Butunjahon oziq - ovqat dasturi tomonidan qo‘llab - quvvatlangan 25 ta novvoyxona un va pishirish gazi yetishmovchiligi yuzasidan bekitildi». – degan ifodalarga o‘rin berildi.
BMT rasmiylari: «G‘azoda inson hayotini umuman hisobga olmagan holda olib borilayotgan urushga guvoh bo‘lyapmiz», - degan holda insoniy inqiroz, misli ko‘rilmagan darajada avj olgani ta’kidlandi.
«Isroilning yangi ekakuatsiya buyruqlari yuz minglab falastinlikning o‘z uy – joyidan mahrum bo‘lishiga yo‘l ochdi. Jon saqlash uchun xavfsiz joy yo‘q», - deyilgan bayonotda G‘azoga yetarli darajada yordam olib kirilayotgani haqidagi iddaolari ham sohadagi haqiqatdan uzoqdir», - deyildi.
Unda shuningdek, o‘tgan 2023 – yilning oktabr oyidan beri kamida 408 nafar insonparvarlik yordami yetkazib berish xodimi halok bo‘lgani va ulardan 280 nafardan ko‘pining BMTning Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam berish agentligi (UNRWA) xodimi ekani ham ifoda etildi.
Qo‘shma bayonotda, dunyo hukumatlari xalqaro gumanitar huquqqa rioya qilish majburiyati yodga solindi va ortidan: «Tinch aholini himoya qiling. Insonparvarlik yordamlarini yetkazib berish ishlari qulaylashtirilsin. Mahbuslarni ozod eting. Takror otashkesimni yo‘lga qo‘ying!» - degan talablar qo‘yildi.