TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Prezident Erdo‘g‘an dunyo musulmonlarini falastinliklar bilan birdamlikka chaqirdi
Prezident Erdo‘g‘an, Turkiya, Falastindagi zo‘ravonliklarning to‘xtashi va Rossiya bilan Ukraina o‘rtasidagi urush tinchlik yo‘li bilan xal qilinishi tarafdori ekanini qayd etdi.
Prezident Erdo‘g‘an dunyo musulmonlarini falastinliklar bilan birdamlikka chaqirdi
5 июн 2025

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an butun dunyo musulmonlarini Qurbon hayiti bilan tabriklab, hammani, Falastin xalqi va urushdan jabr ko‘rgan xalqlar bilan birdamlik ichida bo‘lishga chaqirdi.

Erdogan bugungi tabrik so‘zida: «Gazo va ishgol ostidagi hududlarda kurash olib borgan, Isroilning barcha vahshiyliklari oldida jon saqlagan falastinlik birodarlarimizni yurtim va xalqim nomidan hurmat ila salomlab, Qurbon hayitini chin yurakdan tabriklayman», - dedi.

Gazoda hayotdan koz yumganlarni ham yodga olib, «Hujumlarda shahid bolgan barcha gazolik birodarlarimni hurmat bilan yodga olaman, tan jarohati olganlarga shifo tilayman», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Prezident Erdogan o‘z so‘zida shuningdek Gazo, Sudan va Somali kabi toqnashuvlardan ziyon korgan hududlardagi beqarorlikning tezroq tugashini tiladi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us