DUNYO
2 daqiqa o'qish
Guvohlar Port - Sudanda portlashlar qayd etilgani haqida gapirmoqda
Sudan poytaxti va ichki urush yuzasidan yer bilan yakson bo‘lgan Port - Sudan shahrida ko‘plab portlashlar va yong‘inlar kuzatilgani aytilmoqda.
Guvohlar Port - Sudanda portlashlar qayd etilgani haqida gapirmoqda
6 май 2025

Sudanda davom etayotgan to‘qnashuvlar paytida, urush davri poytaxti sifatida qayd etilgan Port - Sudanda yana portlashlar eshitildi. Bu, harbiylashtirilgan kuchlar armiyasiga qarashli hukumat nazoratidagi markazlarga qarshi hujum boshlashi ortidan ketma - ket sodir bo‘lgan uchinchi kundagi shiddatli hodisadir.

AFP muxbiri seshanba kuni tong saharda kuchli portlash ovozlari eshitilgani va shaharning port tomonidan tutunlar ko‘tarilganini ma’lum qildi. Guvohlar portdagi omborxonalardan birida portlash sodir bo‘lgani haqida gapirdi.

Shahar shimolidagi guvohlar harbiy bazadan zenit raketalari uchirilganini ilova etdilar.

Mamlakatning shahar poytaxtidagi aeroport rasmiylaridan biri, avvalroq, Port - Sudan aeroportiga qarshi insonsiz havo transportlari orqali uyushtirilgan hujum oqibatida barcha qatnovlar to‘xtatilganini bildirdi.

O‘zi haqida ma’lumot berishni istamagan aeroport rasmiylaridan biri bergan bayonotida esa, «Insonsiz havo transportlari aeroportning tinch aholi bo‘limini inishonga oldi», - dedi. Bu voqea aeroportning harbiy bazasiga qarshi qo‘l urilgan va armiyaning harbiylashtirilgan tezkor qo‘llab - quvvatlash kuchlarini ayblagan insonsiz havo transporti hujumlaridan ikki kun o‘tib qayd etildi.

Bu hujumlar urushning avj olishiga yo‘l ochishidan dalolat bermoqda. Qizil dengiz sohilidagi va armiya tomonidan qo‘llab - quvvatlangan bu shahar insonparvarlik yordami, tranzit va diplomatik jihatdan markazga aylangandi. Eng muhimi bu haftaga qadar na quruqlik orqali na havo orqali hech qanday hujumlarga uchramagan.

Yakshanba kuni Sudanda faol faoliyat yuritgan bittayu bitta xalqaro aeaeroportga yaqin harbiy baza insonsiz havo transporti hujumiga uchradi. Dushanba kuni esa shahardagi yoqilg‘i omborxonalari nishonga olindi.

Har ikki holatda ham harbiy manbalar bu hujumlardan armiyaga qarshi 2 yildan beri urush olib borgan harbiylashgan tezkor qo‘llab - quvvatlash kuchlarini mas’ul deb bildi.

Bu hujumlar, armiya manbaalarining tezkor qo‘llab - quvvatlash kuchlari nazoratidagi Nyala aeroportida bir samolyot va qurol omborlarini yo‘q qilgani haqidagi bayonotlari ortidan sodir bo‘ldi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us