Mahalliy Sog‘liqni saqlash rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra G‘azo janubidagi Xon Yunus shahrida Isroil havo hujumida 9 bolasini yo‘qotgan va o‘zi xuddi shu hujumda tan jarohati falastinlik ota hayotdan ko‘z yumdi.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi Bosh direktori Munir Abdulloh al - Barsh shanba kuni «X» platformasi orqali bergan bayonotida: «Doktor Hamdi an – Najjor Xon Yunus janubidagi uylarining Isroil ishg‘olchilari tomonidan bombardimon qilinishi oqibatida olgan og‘ir tan jarohatlari yuzasidan jon berdi va yana Isroil hujumlari yuzasidan halok bo‘lgan 9 nafar bolasi qatoriga borib qo‘shildi», - dedi. Nomi tilga olingan shifokor oilasidan ortda faqatgina uning turmush o‘rtog‘i Alaa – al – Najjor bilan uning yana bir bolasi omon qolgani aytildi.
Ma’lumotiga ko‘ra Hamdi an – Najjorning uyi, Isroil kuchlari tomonidan 24 - may kuni bombalangan va xuddi ana shu paytda og‘ir tan jarohati olgandi. Bolalar shifokori bo‘lgan falastinlik Alaa al – Najjor, ish vaqtida «Nasser» tibbiy markazida 9 bolasining kuygan jasadlarini qabul qilganida esa katta azob - uqubatni boshdan kechirdi.
Uylarini nishonga olgan Isroil havo hujumida bolalari hayotdan ko‘z yumar ekan, tirik qolgan yagona farzandi Odam va rafiqasi doktor Hamdi an-Najjor yaralangan edi. Qarindoshlarining aytishicha, bolalarning jasadlari tanib bo‘lmaydigan darajada kuyib ketgan.
Isroil armiyasi esa an - Najjor oilasining uyini nishonga olgan dron hujumini tergov qilishini iddao etdi.
Isroil qatliomi
Isroil 2023 - yilning oktabr oyidan beri G‘azodagi vahshiy qatliamni davom ettirar ekan, oqibatida falastinlik 54 ming 400 kishi halok bo‘ldi. Eng yomoni, ularning ko‘pchiligi ayollar va bolalardan iborat.
Insonparvarlik yordam tashkilotlari 2 million nafardan ortiq inson yashagan hududning ocharchilik xavfiga duch kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Isroil shuningdek, qamal ostidagi hududning yirik qismini vayron qilib, deyarli butun aholini o‘z uy – joyidan mahrum qildi.
O‘tgan yilning noyabr oyida Xalqaro Jinoyat sudi Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va sobiq Mudofaa vaziri Yoav Gallant haqida G‘azodagi urush va insoniyatga qarshi qo‘l urilgan jinoyatlar tufayli hibsga olish bo‘yicha buyruq chiqardi.
Isroil shuningdek, aholi punktlaridagi tinch aholiga nisbatan qo‘l urilgan urush jinoyatlari yuzasidan Xalqaro Adliya sudida genotsidga qo‘l urganlikda ayblanmoqda.