DUNYO
2 daqiqa o'qish
Janubiy Sudan va Uganda o‘rtasidagi to‘qnashuvda 6 kishi halok bo‘ldi
Janubiy Sudan va Uganda armiyasining Janubiy Sudanning Kajo - Keji tumanida bir – biriga qarshi oʻq uzishi oqibatida janubiy sudanlik 5 kishi halok boʻldi.
Janubiy Sudan va Uganda o‘rtasidagi to‘qnashuvda 6 kishi halok bo‘ldi
30 июл 2025

Chegaradagi noaniqlik yuzasidan vaqti - vaqti bilan kichik toʻqnashuvlar qayd etilgan Janubiy Sudan bilan Uganda oʻrtasidagi umumiy chegara yaqinidagi toʻqnashuvlarda kamida 6 kishi halok boʻldi.

Uganda armiyasi Matbuot xizmati kotibi Feliks Kulayigye mavzu haqida bugun bergan bayonotida, Janubiy Sudan Xalq Mudofaa kuchlari (SSPDF) askarlarining Ugandaning Gʻarbiy Nil hududiga ruxsatsiz kirgani va chiqishdan bosh tortgani haqida gapirar ekan, bu holat, kamida 1 nafar ugandalik askar umriga zomin boʻlganini bildirdi.

Kajo - Keji tumanidan berilgan bayonotda, Uganda kuchlarining kutilmaganda tanklar va artilleriya bilan qoʻllab - quvvatlangan hujumi oqibatida 5 nafar Janubiy Sudan Xalq Mudofaa kuchlari (SSPDF) askari halok boʻlganini bildirdi. Janubiy Sudan armiyasi to‘qnashuvni tasdiqlar ekan qurbonlar soni haqida ma’lumot bermadi.

Uganda, Janubiy Sudan Prezidenti Salva Kiirga qarashli kuchlarni o‘nlab yillardan beri qo‘llab - quvvatlab keladi. Bu yordam mamlakatning 2011 – yili qoʻlga kiritgan mustaqillik kurashi va undan keyingi ichki urushi davrida ham davom etdi.

Janubiy Sudan Xalq Mudofaa kuchlari (SSPDF) Matbuot xizmati kotibi Lul Ruai Koang seshanba kuni oqshomida hozirgi qoʻshma chegara qoʻmitasi chegara kelishmovchiligini tinch yoʻl bilan hal qilish yoʻllarini koʻrib chiqishini bildirdi.

Mart oyida Janubiy Sudan Prezident Kiir va uning raqibi, birinchi vitse - prezident Riek Machar o‘rtasidagi keskin munosabatlar uzilishi ortidan, poytaxt Jubada xavfsizlikni mustahkamlashga yordam berish uchun Uganda armiyasini taklif qilgandi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us