11 март 2025
Ilgari Twitter nomi bilan tanilgan X ijtimoiy tarmog’i katta uzilishga uchradi, minglab foydalanuvchilar kirish muammolari haqida xabar berishdi.
Kompaniya rahbari Ilon Maskning aytishicha, platforma “keng ko‘lamli kiberhujum”ga uchragan bo‘lib, uni uyushgan guruh, hatto davlat sodir qilgan bo’lishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko'ra, shikoyatlar eng ko’p 40 000 foydalanuvchiga ta'sir qilgan.
Bir soatdan ortiq davom etgan uzilish, ayniqsa, AQShning qirg‘oqbo‘yi hududlarida kuchli sezildi.
Shunga o'xshash muammolar 2023 -yil mart oyida yuzaga kelgandi. Platformada ulanishlar va rasm yuklashlar to'xtatilgandi.