Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an seshanba kuni, G‘azodagi genotsidni jimjirt tomosha qilgan hammaning Isroil qo‘l urgan jinoyatlarga sherik ekanini ifoda etdi.
Istanbuldagi Xalqaro mudofaa sanoati yarmarkasining (IDEF) ochilish marosimida nutq so‘zlagan Erdo‘g‘an, Isroilning G‘azo xalqiga qarshi uyushtirgan va natsistlarni cho‘lda qoldirgan qatliomini kun tartibida ushlab turishni davom etishini qayd etdi.
«Maqsadimiz tezlik bilan otashkesimni yo‘lga qo‘yishdir. G‘azoga insonparvarlik yordamlari olib kirilishiga ruxsat berilishi esa keyingi ustivor vazifamizdir», - degan Erdo‘g‘an: «G‘azoga insonparvarlik yordamlarini olib kirishga ruxsat berilmagani bois haddan tashqari ozib ketgan yosh bolalarning dardi, bizning dardimizdir. Har kuni oʻnlab begunoh inson bir tishlam non yoki bir qultum suv topolmagani uchun jon berayotgan bu shafqatsizlikni zarracha vijdoni bor hech kim qabul qila olmaydi. Ochlikdan ommaviy oʻlimlar boshlangan mana shu qora kunlarda men butun xalqaro hamjamiyatni odamgarchilik, insonlik jabhasiga chaqiraman», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Turkiyaning mudofaa sanoatidagi taraqqiyoti bilan bog‘liq Erdo‘g‘an mamlakatning embargolar, ikki yuzlamachilik va diplomatik bosimlarini yengib o‘tgani hamda mudofaa sanoati mahsulotlari bilan jahon bozorlarida hukmronlik qiladigan darajaga chiqqanini ta’kidladi.
Erdo‘g‘an, «Mudofaa sanoatimizning mahalliy ishlab chiqarish darajasi hozirda 80 foizdan oshdi», - dedi.
Seshanba kuni boshlangan olti kunlik tadbir prezident homiyligida Milliy Mudofaa vazirligi, Mudofaa Sanoati yetakchiligi va Turk Qurolli kuchlari kuchini mustahkamlash jamg‘armasi bilan muvofiqlashtirilgan holda uyushtirilmoqda.
Shu bilan o‘n yettinchisi uyushtirilgan yarmarka bir vaqtning o‘zida Istanbul yarmarka markazi, Ataturk aeroporti, Wow mehmonxonasi va Atako‘y Marinada o‘tkazilmoqda.
Ko‘rgazmada zirhli jangovar transportlar, taktik zirhli texnikalar, insonsiz quruqlik, havo va dengiz transport vositalari, qurol – yaroq tizimlari, raketalar, uzoq masofaga mo‘ljallangan tanklarga qarshi raketa tizimlari, piyodalar qurollari, harbiy simulyatorlar, elektron urush yechimlari, quvvat bloklari, portlovchi moddalarni yo‘q qilish uskunalari namoyish etilmoqda.
Ko‘pchilik ishtirok etishi kutilgan yarmarka davomida ko‘plab imzolash marosimlari ham uyushtiriladi.
Avvalgi yarmarka 2023 - yilning iyul oyida Istanbulda bo‘lib o‘tgandi.