Bir guruh druzlar Suriya hukumati, hukumat koordinatsiyasi va xavfsizlik xizmati hamrohligida janubiy Suvayda shahridan evakuatsiya qilindi.
Suvayda gubernatorligi seshanba kuni mavzu haqida bergan bayonotida: «Hukumat yordami va xavfsizlik himoyasi ostida Suvaydani tark etishni istagan bir guruh druzlar evakuatsiya qilindi», - dedi
Evakuatsiya besh avtobusdan iborat karvon tomonidan Dara viloyatidagi Busra ash - Shom gumanitar o‘tish punkti orqali amalga oshirildi.
Rasmiylar nomi tilga olingan guruhlar qayerga olib borilishi haqida hozircha hech qanday ma’lumot bermadi ammo Dara viloyati bugungacha Suvaydadan ko‘chirilgan aholiga vaqtinchalik mezbonlik qilgani hammaga ma’lum.
Shaharda halokatli to‘qnashuvlar
Evakuatsiya joriy yilning 19 - iyuli kuni yo‘lga qo‘yilgan otashkesim ortidan kelgan tarang muhitda amalga oshdi. Ushbu otashkesim, qurolli druz guruhlar bilan badaviy qabilalari o‘rtasida bir haftadan ortiq davom etgan shiddatli janglar ortidan qayd etildi.
Suriya hukumati, voqea yuz berganidan beri to‘rt marotaba otashkesim ustidan kelishib olinganini ma’lum qildi.
Oxirgi otashkesim 19 – iyul kuni yo‘lga qo‘yildi va hozircha jiddiy ravishda davom etmoqda. Biroq avvalgi otashkesimlar shayx Hikmat al - Hijriyga qarashli guruhlar tomonidan badaviy qabila mansublarining shahardan chiqarilishi va ularga qarshi yomon munosabatda bo‘lgani haqidagi iddaolar tufayli buzilgandi.
Suriya oʻtish davri hukumati butun mamlakat boʻylab barqarorlikni tiklashga va mahalliy mojarolarni muzokaralar yoʻli bilan hal qilishga vaʼda berdi.