DUNYO
2 daqiqa o'qish
Tramp Yaqin Sharq sayohati doirasida rasmiy tashrif bilan Turkiyaga ham kelishi mumkin
AQSh Prezidenti Donald Tramp, Turkiya va uning rahbari bilan munosabati a'lo darajada ekani haqida gapirgandi.
Tramp Yaqin Sharq sayohati doirasida rasmiy tashrif bilan Turkiyaga ham kelishi mumkin
11 апрел 2025

AQSh Prezidenti Donald Tramp kelasi oy Yaqin Sharq bo‘ylab rejalashtirilgan safari doirasida rasmiy tashrif bilan Turkiyaga ham kelishi mumkin. Bu haqida «CNN Arabic» kanali ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra, «CNN Arabic» kanaliga Oq uy nomidan oliy darajali rasmiylardan biri intervyu bergan va unda Trampining Saudiya Arabistoni, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif uyushtirishni rejalashtirgani va mazkur safar ortidan Turkiyaga ham kelishi mumkinligi haqida gapirgan.

Qayd etilishicha mavzu ustidan hali hanuz aniq qaror qabul qilinmagan ammo tafsilotlar ustida ish olib borilmoqda.

Turkiya bilan bo‘lgan munosabatlar

Yuqorida aytilgan Oq uyning oliy darajali rasmiylaridan biri, o‘z so‘zida, Tramp mavzu haqida yaqinda Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan suhbatida aytib o‘tganiga e’tibor qaratgan.

Manbalarga ko‘ra, AQSh Prezidenti bu safari davomida Isroilga tashrif uyushtirishni rejalashtirmayapdi.

Oq uy, «Anado‘lu Agentligi»ning mavzu haqida batafsil ma’lumot olish borasidagi talabiga hanuz javob bermadi.

Donald Tramp joriy hafta boshida Oq uyda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan birgalikda juranlistlarga bergan bayonotida, Prezident Erdo‘g‘an bilan bo‘lgan munosabati haqida gapirgandi va mavzu haqida: «Turkiya va uning lideri bilan munosabatim a’lo darajada. U, qattiqqo‘l inson va judayam aqllidir. Hech kim uddalay olmagan ishlarni uddaladi», - degandi.

Eslatib o‘tamiz:

Agar yuqorida qayd etilgan tashrif amalga oshgudek bo‘lsa, unda bu, Trampning prezident sifatida Turkiyaga uyushtirgan birinchi tashrifi sifatida tarix sahifalaridan o‘rin oladi.

Trampdan oldingi AQSh prezidentlaridan Jorj Bush 2004 - yili, Barak Obama esa 2009 va 2015 - yillarda Turkiyaga rasmiy tashrif uyushtirgan

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us