Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin yakshanba kuni bergan bayonotida, Ukrainada yadro qurolidan foydalanish zarurati tug‘ilmagani va bundan buyon ham tug‘ilmasligidan umidvor ekanini ifoda etdi.
Rossiya milliy telekanalida namoyish etilishi rejalashtirilgan intervyuning Telegram kanalida bo‘lishilgan qismida, muxbirning, Ukrainaning Rossiyaga qarshi uyushtirgan hujumlari haqidagi savoliga javob bergan Putin:
«Bu (yadro) qurollaridan foydalanish zarurati tug‘ilmadi va umid qilamanki tug‘ilmaydi ham…», - dedi.
Unda shuningdek, Rossiyaning Ukrainadagi urushni to‘xtatish kuchi va vositalarga ega ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi.
2022 - yilning fevral oyida Kreml o‘n minglab rus askarini Ukraina hududiga yuborish orqali keng ko‘lamli hujum boshlatdi ammo Rossiya bu harakatni to‘g‘ridan - to‘g‘ri urush emas, balki «maxsus harbiy amaliyot» deb nomladi.
Boshqa jihatdan rus askarlari Kiyevdan chiqarilishiga qaramay Moskvaga oid kuchlar bugungi kunda Ukrainaning qariyb 20 foizi, ayniqsa mamlakatning janubiy - sharqini nazorat ostiga olgan.
Putin oxirgi haftalarda tinchlik kelishuvini muhokama qilishga tayyorligini ifoda etar ekan, AQSh Prezidenti Donald Tramp urushni diplomatik yo‘llar orqali to‘xtatish tarafdori ekanini bildirdi.
AQSh rasmiylariga ko‘ra Rossiya Ukrainaga qarshi hujum uyushtirgan 2022 - yilning boshidan beri yadro qurollaridan foydalanish ehtimoli xavotirga soldi.
Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq direktori Uilyam Berns, 2022 - yil oxirida Rossiyaning Ukrainaga qarshi yadro qurollaridan fodalanish xavfi borligini qayd etgandi.
Si Szinping Moskvaga rasmiy tashrif uyushtiradi
Kreml tomonidan berilgan bayonotlarga ko‘ra Xitoy Xalq Respublikasi Prezidenti Si Szinpin, Vladimir Putin bilan birgalikda natsistlar Germaniyasiga qarshi qo‘lga kiritilgan g‘alabaning 80 - yilligini nishonlash marosimida ishtirok etish uchun 7 - 10 may kunlari Rossiyaga tashrif uyushtiradi.
Si Szinpinning Moskvaga bo‘lgan tashrifi chog‘ida Putin bilan hamkorliklar va strategik aloqalarni rivojlantirish hamda mintaqa va dunyo kun tartibidagi masalalar yuzasidan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda. Eng muhimi, Xitoy bilan Rossiya hukumati va vazirliklari tomonidan bir qator hujjatlar imzolanishi mumkin.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning 9 - maydagi g‘alaba bayramiga to‘g‘ri kelgan 3 kunlik otashkesim qarorini samimiy deb topmadi. Va hatto uni, tinchlik qadami emas balki shunchaki ramziy va propagandani ko‘zlagan jest sifatida baholadi.
Xitoy 3 yildan beri davom etgan urushda o‘zini betaraf tomon sifatida ko‘rsatishiga qaramay, G‘arb hukumatlari, Xitoyning Rossiya bilan bo‘lgan yaqin aloqalarini Moskvaga bo‘lgan muhim iqtisodiy va diplomatik yordam ekanini ta’kidlamoqda.