TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an Rim papasi Fransisk vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Taxminan 1,4 milliard katolik nasroniylarning yetakchisi Papa Fransisk pnevmoniya kasalligidan vafot etdi.
Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an Rim papasi Fransisk vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Erdogan / AA
22 апрел 2025

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Rim Papasi Fransiskning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirib, chuqur qayg‘uda ekanligini ta’kidladi.

"Men katolik dunyosining ruhiy yetakchisi va Vatikan Davlati rahbari bo‘lgan Papa Fransiskning vafoti haqida eshitib, chuqur qayg‘uga tushdim," dedi Erdo‘g‘an dushanba kuni X platformasida.

Erdo‘g‘an Papa Fransiskning G‘azo va Falastin masalasi bo‘yicha qilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholab, shunday dedi: "Papa Fransisk turli dinlar o‘rtasidagi muloqotga katta ahamiyat bergan taniqli davlat arbobi va ruhiy yetakchi edi. U insonparvarlik fojialari, ayniqsa, Falastin masalasi va G‘azodagi genotsid oldida tashabbus ko‘rsatdi."

U so‘zini davom ettirib, o‘zining va turk xalqining hamdardligini papa oilasiga, Vatikan Davlatiga va katolik dunyosiga bildirdi.

"Umumbashariy qadriyatlarni ustuvor qo‘ygan yetakchilik namunasi"

Turkiya Diniy Ishlar Boshqarmasi rahbari Ali Erbash ham Turkiyada yashovchi katoliklar, xususan, butun dunyo katoliklariga hamdardlik bildirdi. Erbash 2024-yil 13-aprelda Vatikan bo‘lib o‘tgan uchrashuvini eslab, o‘sha paytda u va papa G‘azodagi azob-uqubatlarni to‘xtatish uchun birgalikda chora ko‘rishga chaqirganini ta’kidladi.

"Biz birgalikda butun insoniyatni G‘azoda sodir bo‘layotgan genotsidni to‘xtatish uchun harakat qilishga chaqirdik," dedi Erbash X platformasida.

U, shuningdek, masjidlarga, cherkovlarga, bolalarga, ayollarga va begunoh insonlarga nisbatan farqlanmasdan amalga oshirilgan hujumlar tufayli chuqur qayg‘uda ekanligini bildirdi.

Turkiya vitse-prezidenti ham Vatikan va katolik dunyosiga hamdardlik bildirdi.

"Dunyo vijdonini jarohatlagan ko‘plab insonparvarlik inqirozlari oldida uning sezgir yondashuvi, ayniqsa, G‘azodagi genotsid va Falastin xalqiga nisbatan adolatsizliklarga qarshi aniq va qat’iy pozitsiyasi, umumbashariy qadriyatlarni ustuvor qo‘ygan yetakchilik namunasi sifatida esda qoladi," dedi Jevdet Yilmaz.

Marhum papa fevral oyida Rimdagi kasalxonaga bronxit tashxisi bilan yotqizilgan edi, bu kasallik ikki tomonlama pnevmoniyaga aylangan. U 38 kunlik davolanishdan so‘ng Vatikan qarorgohida davolanishni davom ettirish uchun chiqarilgan edi. Vatikan uning vafotini dushanba kuni e’lon qildi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us