DUNYO
2 daqiqa o'qish
Ukraina hujumi Rossiyadagi havo qatnovlari faolligini chekladi
Ukraina hujumlari Moskvada o‘tadigan G‘alaba bayrami marosimi oldidan Rossiyaning bir necha shahridagi aeroportlarga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, ba’zi hududlarda esa elektr ta’minoti uzilishlari va insonlarning tan jarohati olishlariga yo‘l ochdi.
Ukraina hujumi Rossiyadagi havo qatnovlari faolligini chekladi
6 май 2025

Ukrainaning 100 dan ortiq insonsiz havo transporti orqali Rossiyaga qarshi uyushtirgan hujumlari, poytaxt Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba bayrami marosimi oldidan bir necha shahardagi aeroportlarga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, ba’zi hududlarda esa elektr ta’minoti uzilishlari va insonlarning tan jarohati olishlariga yo‘l ochdi.

Rasmiylar tomonidan seshanba kuni mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, Ukraina, poytaxt Moskvada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Ikkinchi Jahon urushi g‘alabasi paradidan bir necha kun oldin 100 dan ortiq insonsiz havo transporti orqali hujum uyushtirdi. Oqibatida esa Rossiyadagi aeroportlarda havo qatnovlari cheklanib, insonlarning tan jarohati olishiga yo‘l ochdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi mavzu haqida bergan bayonotida, jami 105 ta insonsiz havo transporti orqali Rossiya nishonga olinganini ma’lum qildi. Ushbu hujumlar Davlat rahbari Vladimir Putin yetakchiligida poytaxt Moskvada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Ikkinchi Jahon urushi g‘alabasining 80 - yilligini nishonlash marosimi oldidan yuz berdi. Marosimda dunyoning bir necha davlati rahbarining ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Moskva meri Sergey Sobyanin Telegram orqali bergan bayonotida, Moskva atrofida havo mudofaa tizimlari 19 ta insonsiz havo transporti urib tushirgani va uning bo‘lakchalari shahar janubidagi asosiy ko‘chaga kelib tushgani ammo undan hech kim hech qanday ziyon ko‘rmaganini bildirdi.

Elektr ta’minoti butunlay uzildi

Rossiya ommaviy axborot vositalari Moskvadagi oynasi yorilgan supermarket va turar - joy binosi ask etgan tasvirlarga e’tibor qaratar ekan boshqa shaharlardagi aeroportlar, jumladan, Volgograd va Nijniy Novgoroddagi aeroportlarga ziyon yetkazilgani ifoda etildi.

Voronej va Penza gubernatorlari o‘z hududlarida avval 18 ta, keyin esa 10 ta Ukraina insonsiz havo transportiga monelik qilingani va qurbonlar qayd etilmaganini bildirdi.

Kurskda esa vaqtinchalik tayin qilingan gubernator Aleksandr Xinshteyn dushanba kuni kechasi Rilsk shahridagi bir transformator markaziga qarshi hujum uyushtirilgani va oqibati ikki nafar o‘spirim sog‘ligiga zomin bo‘lgani ma’lum qilindi. Gubernator Telegram orqali, «Shahardagi hujum oqibatida ikkita transformator ziyon ko‘rdi va elektr ta’minoti butunlay uzildi», - dedi.

Ukrainada esa Odessa gubernatori Oleg Kiper, dushanba kuni kechasi mintaqadagi rus insonsiz havo transporlari orqali uyushtirilgan hujum bir kishi umriga zomin bo‘lganiga e’tibor qaratdi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us