Turkiya chorshanba kuni Pokistonning Balujiston viloyatida sodir etilgan va ko‘pchilik umriga zomin bo‘lgan hujumni keskin qoraladi.
Mavzu haqida Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan rasmiy ravishda bayonot berildi va unda Ankaraning bu fojiali hodisadan chuqur qayg‘uda ekani ifoda etilib, vafot etganlar oilasiga chuqur ta’ziya izhor etildi.
Unda:
«Bugun Pokistonning Balujiston viloyatida sodir etilgan terror hujumida halok bo‘lgan va tan jarohati olganlardan chuqur qayg‘udamiz. Shunday ekan bu jirkanch hujumni keskin qoralaymiz. Voqeada hayotdan ko‘z yumganlarga Olloxdan rahmat, tan jarohati olganlarga esa shifo tilaymiz», - degan ifodalarga o‘rin berildi.
O‘z so‘zida terrorizmga qarshi izchil pozitsiyasini takrorlagan vazirlik, ekstremizmga qarshi kurashda mintaqaviy hamkorlikning ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi.
Bunga qo‘shimcha ravishda: «Turkiya sifatida, terrorning har qanday turi va ko‘rinishlariga qarshi printsipial pozitsiyamizni takrorlaymiz, Janubiy Osiyoda terror bilan kurashda hamkorlik qilish qay darajada muhim ekanini ta’kidlaymiz», - deyildi.
Maktab servisiga qarshi uyushtirilgan portlashda 5 kishi halok bo‘lar ekan, ko‘pchilik tan jarohati oldi. Halok bo‘lganlardan 2 nafari yosh bola.
Pokiston armiyasi tomonidan berilgan bayonotda: «Janubi - g‘arbiy Balujiston viloyatida bir maktab avtobusini nishonga olgan portlash besh kishi umriga, ko‘pchilikning esa sog‘ligiga zomin bo‘ldi. Halok bo‘lganlardan 2 nafarining yosh bola ekani aniqlandi». – degan ifodalarga o‘rin berildi.
Armiya hujumning Hindiston tomonidan rejalashtirib, Balistonda amalga oshirilgani va Kuzdarda begunoh maktab bolalarini nishonga olganini qayd etdi.
Unda shuningdek:
«Bu hind terror vakillari Pokistonda begunoh bolalar va tinch aholiga qarshi terrorizmni qo‘zg‘atish niyatida davlat vositasi sifatida foydalanilmoqda», - deyildi.
Yangi Dehli esa Pokistonning bu iddaolarini rad etdi.
Hujum mas’uliyatini hali hanuz hech qaysi guruh o‘z zimmasiga olmadi. Pokistonning eng yirik viloyati hisoblangan Balujiston, uzoq vaqtdan beri turli jangari guruhlar faoliyat ko‘rsatgan murakkab xavfsizlik muhitiga duch kelmoqda.