DUNYO
2 daqiqa o'qish
Jazoir qariyb o‘n ikki nafar Fransiya elchixonasi xodimini mamlakatdan chiqarib yubormoqchi
Fransiya Jazoirning 12 nafar diplomatini chiqarib yuborish haqidagi qarorining bekor qilinishini talab qildi. Aks holda, tezlik bilan chora ko‘rmoqchi ekanliklarini qayd etdi.
Jazoir qariyb o‘n ikki nafar Fransiya elchixonasi xodimini mamlakatdan chiqarib yubormoqchi
14 апрел 2025

Fransiya Tashqi Ishlar vaziri dushanba kuni bergan bayonotida, Jazoir hukumati 12 nafar fransuz rasmiy shaxsiga 48 soat ichida mamlakatni tark etish bo‘yicha ultimatum bergani va bu holat, Fransiyada uch nafar jazoirlik fuqaroning hibsga olinishi bilan aloqali ekanini qayd etdi.

«Jazoir rasmiylaridan bu qaroridan voz kechishlarini so‘rayman... agar vakillarimizni chiqarib yuborishda qarorlari qat’iy bo‘lsa, unda, darhol ularga javob berishdan boshqa choramiz qolmaydi» - dedi Tashqi Ishlar vaziri Jan - Noel Barrot.

Diplomatik manbalardan biri, «AFP» nashriga bergan bayonotida, 12 kishilik ro‘yhatda Fransiya Ichki Ishlar vazirligi a’zolari ham borligini qayd etdi.  

Juma kuni fransuz prokurorlari jazoirlik uch kishini, o‘tgan 2024 – yilning aprel oyida Parij shahar atrofida jazoirlik influenser Amir Boukhorsni og‘irlab ketishda ishtirok etganlikda aybladi. Ayblangan uch kishidan biri, konsulxona xodimlaridan biri ekani qayd etildi.

Bu ayblov Jazoir va uning sobiq mustamlakachi davlati o‘rtasidagi munosabatlarda nozik paytga to‘g‘ri keldi; Jazoirning iddaolariga ko‘ra, bu hamladan maqsad, oxirgi vaqtlardagi munosabatlarni tiklash tashabbuslarini boltalashdan iboratdir.

«Amir DZ» degan nom bilan tanilgan Boukhors, Jazoir hukumatiga muxolifdir va «TikTok» tarmog‘ida million nafardan ortiq obunachisi bordir.

Boukhors 2016 - yildan beri Fransiyada yashab kelmoqda va 2023 - yili siyosiy boshpana huquqiga ega bo‘lgan. Uning advokatiga ko‘ra, u, 2024 - yilning aprel oyida o‘g‘irlangan va ertasi kuni ozod etilgan.

Jazoir, firibgarlik va terrorchilik jinoyatlarida ayblanayotgan influenser haqida alohida – alohida to‘qqizta xalqaro qamoqqa olish orderi chiqarib, uni sud qilish uchun mamlakatga qaytarishni talab qilmoqda.

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us