Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMT) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish idorasi ma’lumotiga asoslanib bergan bayonotida, Gʻazodagi uylarning 90 foizi yoʻq qilingani yoki ziyon koʻrganiga e’tibor qaratdi. Isroilning hududdagi urushi tinimsiz davom etar ekan, tinch - aholi yana - da chuqur gumanitar inqiroz tomon ketmoqda.
Tashkilot chorshanba kuni «X» platformasi orqali bergan bayonotida, «Boradigan joylari yo‘qligi tufayli oilalar xavfli xarobalarda jon saqlashga majbur boʻlmoqdalar», - degan ifodalarga oʻrin bergan holda ularga ajratilgan boshpanalar tayyorligini qayd etdi. Ortidan esa Isroildan, kirish nuqtalarini ochishlarini talab qildi.
Isroil 2 - martdan boshlab Gʻazo chegaralarini bekitib, urush yuzasidan xarob boʻlgan mintaqada ochlik hukm surgani haqidagi xabarlarga qaramay mintaqaga asosiy ehtiyojlarni qoplovchi ashyolar olib kirilishiga monelik qilmoqda.
Joriy yilning 19 - yanvari kuni erishilgan oʻq uzishni toʻxtatsh va mahbuslarni almashish kelishuvini 18 - mart kuni bir tomonli buzgan Isroil, bu orqali Gʻazoda takror urush boshlatdi.
Isroil bugungacha falastinlik 51 ming 300 nafar (bu raqam keyinchalik 62 ming nafar deb qayd etildi) inson umriga zomin boʻldi. Eng yomoni, ularning koʻpchiligi ayollar va bolalardan iborat.
Mintaqaning yirik qismini ham yer bilan yakson qilgan Tel - Aviv kamiga, qamal ostidagi hudud aholisining deyarli hammasini oʻz uy - joyidan mahrum qildi.
Oʻtgan yilning noyabr oyida Xalqaro Jinoyat sudi Netanyaxu va uning sobiq Mudofaa vaziri Yoav Gallantga nisbatan Gʻazodagi urush va insoniyatga qarshi uyushtirgan jinoyatlari yuzasidan hibsga olish orderlarini chiqargandi.
Shuningdek, Isroil Gʻazoda davom etgan urushi uchun Xalqaro sudda genotsid ishi boʻyicha javobgarlikka tortilmoqda.