Rossiyaning bir tomonlama sulh e'lon qilgani rasmiy ravishda kuchga kirdi va 11-may kuni yarim tunga qadar davom etishi rejalashtirilgan.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin qaroriga binoan, chorshanba kuni kechqurun Moskva Ikkinchi Jahon urushida 1945-yilda Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan milliy bayram – G‘alaba kuni nishonlanishi vaqtida jangovar harakatlarni vaqtincha to‘xtatishni e'lon qildi.
Biroq, Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamadi.
Zelenskiy xorijiy mehmonlarni Moskvaga tashrif buyurib, bayram tadbirlarida ishtirok etmaslikka chaqirdi va ularning xavfsizligini kafolatlay olmasligini aytdi.
Moskva bu bayonotlarni “tahdid” deb baholadi.
Kreml vakili Dmitriy Peskov, agar Ukraina tomonidan sulh buzilsa, Rossiya Qurolli Kuchlari “munosib va samarali javob” berishini ogohlantirdi.