Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Yevropa kengashi Bosh kotibi Alen Berse bilan uchrashib, unda, Turkiya va Yevropa kengashi oʻrtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Mavzu haqida Turkiya Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan ma’lumot berildi.
Ushbu ma’lumotga koʻra, Hakan Fidan, Turkiyaning Yevropa kengashi bilan boʻlgan munosabatlariga alohida e’tibor berganini ta’kidlagan.
Hakan Fidan uchrashuv chogʻida shuningdek, Bersening inklyuzivlik va kelishuvga asoslangan muloqot muhitini yaratishga qaratilgan sa’y - harakatlarini qo‘llab - quvvatlagan.
Bunga qoʻshimcha ravishda oʻz lavozimiga kirishganidan buyon Berse boshlatgan tashabbuslarni ijobiy va konstruktiv tusda baholagan.
Hakan Fidan shuningdek, Yevropa kengashi har qanday irqchilikka qarshi olib borilgan kurashda faol rol olishi zarurligini oʻz soʻziga ilova etgan.