TURKIYA
3 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an yurtdoshlarini Ataturkni xotirlash, yoshlar va sport bayrami bilan tabrikladi
Prezident Erdo‘g‘an: «Turkiya Respublikasi abadiy yashaydi. Zero vatanni va respublikani bir umr himoya qilamiz. Shunday ekan uni har sohada yana – da rivojlantirish uchun bor kuchimiz bilan mehnat qilib, shaxdam qadamlar tashlaymiz», - dedi.
Erdo‘g‘an yurtdoshlarini Ataturkni xotirlash, yoshlar va sport bayrami bilan tabrikladi
8 соат олдин

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an yurtdoshlarini 19 - may Ataturkni xotirlash, yoshlar va sport bayrami bilan tabrikladi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan «X» ijtimoiy tarmoq orqali berilgan bayonotga ko‘ra Erdo‘g‘an unda eng avvalo, Turkiya Respublikasiga asos solgan Mustafa Kemal Ataturk yetakchiligida 1919 – yili boshlatilgan Ozodlik kurashi boshlangan 19 – may kunining ahamiyatini ta’kidlagan.

Prezident o‘z so‘zida: «Bizga ajdodimiz omonat qilgan muqaddas Turkiya Respublikasi abadiy yashaydi. Zero vatanni va respublikani bir umr himoya qilamiz. Shunday ekan uni har sohada yana – da rivojlantirish uchun bor kuchimiz bilan mehnat qilib, shaxdam qadamlar tashlashni davom etamiz», - dedi.

Turk yoshlarini nafaqat kelajakning me’morlari, balki o‘zgarishni boshlatuvchi kuch sifatida ko‘rishini ta’kidlagan Erdo‘g‘an: «Turk yoshlari energiyalari, qarorliliklari va orzulari orqali madaniyatimiz merosini qalblarda tashiydilar. Bu orqali biz yashayotgan zamonga Turkiya asri muhrini bosishlariga ishonchim komil», - degan ifodalarga o‘rin bergan.

Turkiyaning kelajagi

Prezident Erdogan Turkiyaning kelajagi haqida:

«Turkiyaning kelajagini qurish jarayonida turk yoshlarining energiyasi va mamlakat resurslarini behuda bahslar bilan isrof qiluvchi har qanday muammoni hal qilib, uni butunlay yoq qilishga harakat qilyapmiz. Yoshlarimizga tinch va xotirjamlikka tola, yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan farovon yurt qoldirish haqida bergan va’damizni bajarish uchun esa bor kuchimiz bilan ishlayapmiz.

Ilm - fandan san’atga, sportdan qishloq xojaligiga, diplomatiyadan yadro texnologiyalarigacha bo‘lgan har bir sohada oz salohiyatlarini kashf eta olishlari uchun yoshlarimizga imkoniyatlar beryapmiz. Ulug va qudratli Turkiya loyihamizni yo‘lga qo‘yish uchun ham yoshlarimiz bilan birgalikda yelkama – yelka ish olib bormoqdamiz.

Orzulariga erishishga harakat qilgan va aslo undan voz kechmaslik orqali ajdodidan qabul qilib olgan madaniy merosini yana – da cho‘qqilarga ko‘tarishni istagan har bir yosh avlodni oxirigacha qo‘llab – quvvatlashni davom etamiz», - dedi.

Yoshlar va sport kuni

Prezident Erdogan: «Kuchi ortgan sari markaziy davlatga aylanib, tashlagan qadamlari orqali o‘z o‘rnini mustahkamlagan Turkiyaning har bir yutugida yoshlarimiz haqqini e’tirof etamiz. Ular uchun koproq ishlash va muvaffaqiyatga erishish azm - u qarorimizni hech qachon yo‘qotmaymiz. Shunday ekan Goziy Mustafa Kemal bosh bo‘lish bilan birga Ozodlik kurushi qahramonlarini hurmat ila yodga olamiz», - dedi.

1919 - yilning 19 – mayi, keyinchalik Turkiya Respublikasining asoschisi degan ulug‘ nomga ega bo‘lgan Ataturk, 4 yildan keyin mamlakatni zamonaviy Turkiyaga aylantiruvchi urushni boshlatish uchun Istanbuldan Qora dengiz shahri Samsunga kelgan kundir.

Ataturk 1938 - yili 19 – may kunini, turk millatining yoshlariga Yoshlar va sport bayrami sifatida tuxfa qildi. Bu milliy bayramda yoshlar butun mamlakat boylab rasmiy marosimlar bilan sport va madaniy tadbirlarda ishtirok etib kelmoqdalar.

 

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us