Qirg‘izistonning ikkinchi yirik shahri O‘sh rasmiylari Markaziy Osiyodagi eng baland Vladimir Lenin haykali deb hisoblangan ulkan yodgorlikni olib tashladi.
Roppa – rosa 23 metr balandlikdagi yodgorlik Qirg‘iziston Sovet ittifoqi tarkibida bo‘lgan 1975 - yili o‘rnatilgandi.
Shanba kuni internetda bo‘lishilgan fotosuratlarda haykalning kran tomonidan tushirilganidan keyin yerda yotgani aks etgan.
Sovet ittifoqi tarkibida bo‘lgan ko‘plab mamlakat, milliy o‘ziga xosliklarini qayta shakllantirish sa’y – harakatlarining bir qismi sifatida Rossiya bilan aloqalarini kamayitishga harakat qilar ekan bu yorgorlikning olib tashlanishi unchalik ham xalq e’tiborini tortmadi. O‘sh rasmiylari bu harakatni shaharsozlik bo‘yicha odatiy mashg‘ulot sifatida baholadi.
O‘sh rasmiylari bu harakatni «arxitektura va estetik jozibadorlikni oshirish»ni ko‘zlagan «oddiy holat» ekanini qayd etdi.
Rasmiylar, shuningdek, Rossiyaning Sankt - Peterburg va Belgorod kabi shaharlaridagi Lenin yodgorliklari ham olib tashlangan yoki boshqa joyga ko‘chirilganini ta’kidladi. Shu bois ham bu mavzuni siyosiylashtirmaslik zarurligini ifoda etdi.
Rasmiylar yodgorlik o‘rniga bayroq ustuni o‘rnatilishini ifoda etib, avval poytaxt Bishkekda olib tashlangan Lenin haykali o‘rniga bayroq ustuni qurilganiga e’tibor qaratdi.
O‘tgan hafta Rossiyada Moskva metrosining eng gavjum bekatlaridan birida shafqatsiz sovet diktatori Iosif Stalin haykali ochildi. Mutaxassislar Qirg‘izistonning Lenin haykalini olib tashlash harakati vaqtiga e’tibor qaratmoqda.