DUNYO
3 daqiqa o'qish
Netanyaxu G‘azoda Hamasga qarshi chiqqan jinoiy tashkilotni qo‘llab - quvvatlashini tan oldi
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroilning G‘azoda Falastin qarshilik guruhi Hamasga qarshi chiqqan qurolli guruhni qo‘llab - quvvatlashini tan oldi.
Netanyaxu G‘azoda Hamasga qarshi chiqqan jinoiy tashkilotni qo‘llab - quvvatlashini tan oldi
13 соат олдин

Netanyaxu Isroilning G‘azoda Hamasga qarshi chiqqan jinoiy tashkilotni qo‘llab - quvvatlashini tan oldi.

Bosh vazir Binyamin Netanyaxu G‘azoda Hamasga qarshi kurashayotgan qurolli guruhni qo‘llab - quvvatlashini tasdiqladi. Guruh rahbari Yasser Abu Shabob noqonuniy faoliyat yuritishda va boshqa davlatlar nomidan ish olib borishda ayblanmoqda.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroilning G‘azoda Falastin qarshilik guruhi Hamasga qarshi chiqqan qurolli guruhni qo‘llab - quvvatlashini tan oldi. Mazkur bayonot, sobiq vazirlardan birining Isroil guruhiga qurol o‘tkazayotgani haqidagi mish – mishlar ortidan qayd etildi.

Isroil va Falastin ommaviy axborot vositalari Isroil hamkorlik qilayotgan guruh Yasser Abu Shabob boshchiligidagi mahalliy badaviy qabilasining bir qismi ekanini bildirdi.

Yevropa xalqaro aloqalar kengashi (EFCR) tahlil markazi Abu Shabob haqida: «Rafoh hududida faoliyat yuritayotgan va yordam yuk mashinalarini talon - taroj qilishda ayblangan jinoiy to‘da rahbari sifatida tanilmoqda», - dedi.

Knesset a’zosi va sobiq mudofaa vaziri Avigdor Liberman «Kan»ga bergan bayonotida, hukumat Netanyaxu buyrugi bilan jinoyatchilar bilan sobiq mahkumlar guruhini qurollantirgani iddao etildi.

Netanyaxu payshanba kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali bo‘lishgan videolavhada: «Liberman nimani oshkor qildi? Xavfsizlik manbalari Hamasga qarshi chiqqan Gazo qabilasini safarbar qilganinimi? Buning nimasi yomon?» - dedi. «Bu faqatgina yaxshi narsadir. Isroil askarlarining hayotini saqlab qolmoqda», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Tel - Avivdagi Moshe Dayan markazining Falastin masalalari boyicha eksperti Michael Milshteinning aytishicha, Abu Shabob rahbarlik qilgan guruh Gazo bilan Misrning Sinay yarim oroli ortasidagi chegarada joylashgan badaviy qabilasining bir qismidir. Qabilaning ba’zi a’zolari turli jinoiy harakatlar, giyohvand moddalar savdosi va shunga oxshash narsalar bilan shugullanadi.

Gangster

Milshteinning aytishicha, Abu Shabob Gazoda bir muddat qamoqda otirgan va qabila rahbarlari uni yaqinda Isroil hamkori va gangster sifatida qoralagan. Aftidan, Shabak (Isroil xavfsizlik agentligi) yoki armiya bu guruhni ishonchli kuchga aylantirish, ularni qurol - yarog, pul va armiya amaliyotlaridan himoya qilish goyasini ajoyib deb topgan.

Milshteinning qo‘shimcha qilishicha, Hamas bir necha kun avval nomi tilga olingan jinoiy guruhning to‘rt a’zosini o‘ldirgan. EFCR xabar berishicha, Abu Shabob avvalroq Hamas tomonidan giyohvand moddalar savdosi uchun qamoqqa olingan va uning ukasi BMTning insonparvarlik yordamlarini yetkazib beruvchi yuk tashuvchi mashinalarga qarshi uyushtirgan hujumlari chog‘ida Hamas bosqini natijasida o‘ldirilgan.

Isroil qariyb 20 oydan beri Hamas bilan urushib kelmoqda va uni muntazam ravishda Gazodagi insonparvarlik yordamlari tashigan yuk tashuvchi mashinalarni talon - taroj qilishda ayblab kelmoqda.

Hamas esa guruhni vatanga xiyonat va o‘g‘irlikni o‘z yo‘li sifatida tanlaganini ifoda etgan holda, tinch aholini guruhga qarshi turishga chaqirdi.

Gazoni qariyb yigirma yil davomida boshqarib kelayotgan Hamas bu talonchi todalar, ishgolchilar va dushman armiyasi bilan aniq muvofiqlashtirilganligi haqida dalillarga ega ekanini qayd etdi. Hamasning ta’kidlashicha, bu guruhlar yordamni talon - taroj qilish va insoniy inqirozlarni keltirib chiqarish orqali Falastin azobini chuqurlashtirmoqda.

Abu Shabob guruhi o‘zini «Xalq kuchlari» deb nomlamoqda va Facebook orqali bergan bayonotida: «Biz hech qachon ishg‘olga ortamchilik qilmadik, aslo bunday qilmaymiz. Qurollarimiz oddiy, eski va xalqimiz komagida ta’minlangan», - dedi.

Milshtein Isroilning Abu Shabob kabi guruhni qurollantirish haqidagi qarorini: «Xayol, aslida strategiya deb ta’riflab bolmaydigan narsa. Umid qilamanki, bu falokat bilan yakunlanmaydi » dedi.

O‘tgan yilning noyabr oyida Xalqaro jinoiy sudi Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantni G‘azodagi urush va insoniyatga qarshi qo‘l urilgan jinoyatlar uchun hibsga olishga order bergan edi. Isroil, shuningdek, tinch aholiga qarshi urushtirgan urush jinoyatlari uchun Xalqaro sudda genotsid ishiga duch kelmoqda.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us