Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Pasxa bayrami munosabati bilan sulh e’lon qilishiga qaramay Rossiyaning Kursk va Belgorod chegara hududlarida urush davom etayotganini qayd etdi.
Zelenskiy shanba kuni mavzu haqida bergan bayonotida Kurs va Belgorod hududlarini nazarda tutgan holda: «Putinning Pasxa bayrami munosabati bilan bergan bayonotlari bu hududlarga yetib kelmadi», - dedi.
Zelenskiy o‘z so‘zida shuningdek: «Rus artilleriyasi, rus liderining tinchlik haqida bergan va’dalariga qaramay jabhaning ayrim nuqtalaridan haligacha eshitilmoqda», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Urush, rus hujumlari davom etmoqda
Zelenskiy dalil keltirmadi va hujumlardan keyin urush Rossiya tufayli yuz berayotgani ochiq – oydin o‘rtada ekanini iddao etdi.
Ukraina Prezidenti shuningdek: «Putin hujumlar shiddati va vahshiyligini kamaytirish haqida buyruq berishi bilan, janglar va o‘limlar kamaydi. Bu urushning va uning cho‘zilishining yagona sababi Rossiyadir», - dedi.
Uning bu so‘zlari Putinning shanba kuni Ukrainadagi urushda 30 soatlik bir tomonlama sulh e’lon qilishi ortidan qayd etildi.
Putin, sulh, shanba kuni Moskva vaqti bilan soat 18:00 da boshlanishi va yakshanba kuni yarim tunda yakunlanishini ifoda etgandi.
Putin: «Rus tomoni insoniy sabablar yuzasidan, bugungi Pasxa bayrami munosabati bilan sulh e’lon qilmoqda. Bu vaqt davomida barcha harbiy amaliyotlarni to‘xtatishni buyuraman», - dedi.
Ushbu bayonotga javob tariqasida Zelenskiy, Kiyev ham xuddi shunday harakat qilishini ta’kidladi.