Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an G‘azo inqiroziga munosabat bildirgan G‘arb davlatlarini tanqid qilib, buni ma’naviy yetakchilikning muvaffaqiyatsizligi deb baholadi.
Erdo’g'an chorshanba kuni Vengriyadan qaytayotganda jurnalistlar bilan suhbatda G'azo nafaqat insonparvarlik fojiasi, balki dunyoning ma'naviy butunligining o'lchovi ham ekanligini aytdi.
"G'azodagi vaziyat nafaqat insonparvarlik inqirozi, balki xalqaro tizimning samimiyligi sinovidir va G'arb institutlari bu sinovdan o'ta olmadi", - dedi Erdo'g'an.
Isroilni G'azoga yordamni ataylab to'sib qo'yganlikda ayblagan Erdo'g'an, bu kabi harakatlar Isroilni jahon sahnasida yakkalab qo'yishi va Yevropada tushunchalarning o'zgarishiga sabab bo'layotganini aytdi.
“Yevropa nihoyat Isroilning qilmishlariga koʻzini ochmoqda” degan Erdogʻan va Gʻazodagi azob-uqubatlarga koʻz yumganlar tarix oldida javob berishini qoʻshimcha qildi.
Erdo’g'an, G'azo xalqini qo'llab-quvvatlash qat'iyatini takrorlagan holda Turkiyaning insoniyatning yonida ekanligini va bu pozitsiyasidan voz kechmasligini ta'kidladi.
Suriya sanktsiyalari va AQSh tashrifi
Mintaqaviy diplomatiyaga to’xtalib o’tgan Erdo’g’an, Suriyaga qarshi xalqaro sanksiyalarni olib tashlashga chaqirib, buning doimiy barqarorlikni ta’minlash yo’lidagi muhim qadam ekanligini ta’kidladi.
Uning ta'kidlashicha, bunday qadam Turkiyaning Yaqin Sharqdagi konstruktiv diplomatiya yondashuvining samaradorligini ko'rsatadi.
Erdo’g’an, AQShga ehtimoliy tashrifiga ham to’xtalib, Prezident Donald Tramp bilan uchrashishdan umidvorligini bildirdi.