Otashkesim va yordam yo‘lagi masalasini muhokama qilish uchun AQSh elchisining Yevropaga uyushtirgan safari oldidan dunyoning 100 dan ortiq yordam tashkiloti Isroil tomonidan qamal ostiga olingan G‘azodagi ommaviy ochlikka e’tibor qaratdi.
Chorshanba kuni Chegara bilmas shifokorlar, Oxfam va Bolalarni qutqarish kabi dunyodagi 100 dan ortiq yordam tashkiloti nomidan berilganbayonotda, «Hamkasblarimiz va ularga yordam berayotgan insonlar borgan sari ochlikdan aziyat cheka boshladi», - degan ifodalarga o‘rin berildi.
Yuqorida nomi tilga olingan tashkilot koalitsiyasi zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga, quruqlikdagi barcha o‘tish joylarini ochishga va BMT yetakchiligidagi yordamlarni bepul yetkazib berishga chaqirmoqda.
Bayonotda aytilishicha, yordam omborlari to‘la ammo ularni chorasiz oilalarga yetkazib berish imkoni yo‘q.
«Yordam va otashkesim umidi bilan hafsalasi pir bo‘lgan falastinliklar har kuni ertalab yana - da yomon hayot sharoitiga uyg‘onmoqda», - deyilgan bayonotda shuningdek:
«Bu nafaqat jismoniy azob, balki ruhiy qiynoq hamdir. Tirik qolish, omon qolish xuddi sarobdek ko‘rinmoqda. Insonparvarlik yordami tizimi yolg‘on va’dalar asosida ishlay olmaydi. Insonparvarlik yordami yetkazib beruvchilar o‘zgaruvchan muddatlarga yoki bajarilmagan siyosiy va’dalarga tayanib faoliyat yurita olmaydi» - deyildi.
Ocharchilik va genotsid
G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi seshanba kuni qamal ostidagi mintaqada oxirgi 24 soat ichida ochlikdan kamida 15 kishi jon bergani, ulardan 4 nafari yosh bola ekanini qayd etdi.
Oxirgi o‘limlar bilan birgalikda 2023 – yilning oktabr oyidan beri ochlikdan jon bergan falastinliklar soni 101 nafarga yetar ekan, ulardan 80 nafari yosh bola ekani aniqlandi.
Isroil qamal ostidagi G‘azoda 59 mingdan nafardan ortiq falastinlik umriga zomin bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligi ayollar va bolalardan iborat.
Falastin rasmiy axborot agentligi WAFA xabariga ko‘ra, taxminan 11 ming nafarga yaqin falastinlik vayron bo‘lgan uylar ostida qolib ketgan.
Ammo mutaxassislar qurbonlar soni gʻazolik rasmiylar bergan statistikaga qaraganda ancha ko‘proq, hatto 200 ming nafar bo‘lishi mumkinligini ifoda etmoqda.
Qatliom davomida Isroil qamal ostidagi hududning yirik qismini vayron qildi va deyarli butun aholi o‘z uy – joyidan mahrum bo‘ldi.
Bundan tashqari, hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan insonparvarlik yordami yo‘li to‘sib qo‘yildi va faqatgina BMT yordamiga monelik qilish niyatida tashkil etilgan va «o‘lim tuzog‘i» deb ta’riflangan AQShning mubohasali guruhiga ruxsat berildi.