Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya harbiy - havo kuchlari tomonidan Ukraina shimoli - sharqidagi Xarkov shahriga qarsh uyushtirilgan hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘lgani va 40 nafardan ortiq inson tan jarohati olganini ma’lum qildi.
Zelenskiy poyezd mavzusida bolalar o‘yin maydonchasi yaqinidagi harbiy bo‘lmagan infratuzilmani nishonga olgan hujumni «terakt» deb baholadi.
Zelenskiy shanba kuni Telegram orqali bergan bayonotida: «Biz buni e’tiborsiz qoldira olmaymiz. Ko‘z yuma olmaymiz. Bu o‘yinchoq emas. Har kuni qurbonlar qayd etilmoqda, chunki, Rossiya bu jazosiz qoladi degan fikrda», - dedi.
Ukraina rahbari, shuningdek, rus armiyasi Ukrainaga «o‘lim va vayronagarchilik olib kelgani» va tinchlik muzokaralariga yaqinlashmaganini ifoda etdi.
Zelenskiy: «Ruslar urushni davom ettirishga tayyorlanmoqda va barcha tinchlik takliflarini ko‘rmaslikka olmoqda», - deya gapirdi.
Moskva jiddiy muzokaralar olib borishi uchun xalqaro bosimni kuchaytirish kerakligini ta’kidlagan Zelenskiy, Rossiya ilgari faqat tashqi bosim tufayli muzokara stoliga kelganini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Ukraina Prezidenti, jabhadagi vaziyatni muhokama qilish uchun harbiylar bilan uchrashuv o‘tkazganini bildirdi.
Zelenskiy so‘nggi kunlarda Ukraina kuchlari Rossiyaning Su - 35 qiruvchi samolyotini urib tushirgani va Rossiyaning uchta «Iskandar» raketa tizimini yo‘q qilganini qo‘shimcha qildi.