Xo'sh, mega zilzila nima va u boshqa zilzilalardan nimasi bilan farq qiladi?
Avvalombor, asosiy jihatlarga to’xtalib o’taylik. Yer nima uchun qimirlaydi?
Oyog'imiz ostidagi zamin mustahkam ko'rinsa-da, aslida u barqaror emas. Yer qobig'i ulkan va kichik tektonik plitalardan iborat bo'lib, suyuq tosh qatlami bo'lgan mantiya ustida suzib yuruvchi ulkan jumboqqa o'xshaydi.
Yer mantiyasi ichidagi konveksiya oqimlari tufayli bu plastinkalar harakatlana boshlaydi, bir-biriga ishqalanib yoki navbat bilan o'tib ketadi. Ushbu to'satdan yuz bergan harakat kuchli energiya chiqaradi va yer qimirlashiga sabab bo'ladi.
Zilzilalar har kuni minglab marta sodir bo'ladi, lekin ularning aksariyati seysmograflar tomonidan aniqlanishi mumkin bo'lgan darajada kichik bo’ladi. Zilzilaning intensivligi Rixter shkalasi bo'yicha 1 dan 10 gacha o'lchanadi. 5-darajada esa, binolar shikastlanishi mumkin. Bundan kuchli darajadagi zilzilalar esa butun hududlarning xavfsizligiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi.
"Mega-zilzila" 8 ball yoki undan kuchli magnitudaga ega zilzilalardir.
Bu shuni anglatadiki, yer qimirlashi shunchalik kuchli va shiddatli bo'ladiki, butun bir hududning ko'rinishini o'zgartirib yuborishi mumkin. Bu tsunami, tuproq ko'chkilari va hatto yong'inlarga ham sabab bo'lishi mumkin.
Zilzilaning kuchi shuningdek, u chiqargan energiya miqdorini ham ko'rsatadi. Taqqoslash uchun 7,0 magnitudali zilzila taxminan 500 000 tonna trotilga teng energiya chiqaradi. Shuni aytish joizki, Ikkinchi jahon urushida Xirosimaga tashlangan yadroviy bomba atigi 15 000 tonna trotil chiqargan. Ya'ni, 7.0 magnitudali zilzila 30 ta atom bombaning portlashiga teng energiya chiqaradi.
8.0 magnitudali zilzila esa, 7.0 ball zilzilaga qaraganda taxminan 1000 baravar ko'p energiya chiqaradi. Bu birgina hodisada juda katta miqdordagi energiyaning chiqishi demakdir! Ba'zi mintaqalar, masalan Yaponiya bunga yana ham moslashuvchan.
Yaponiya dunyoning eng seysmik faol mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Yaponlar uchun zilzilalar hayotning bir qismi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Yaponiyadagi aksariyat zilzilalar shunchalik kichikki, hech kim sezmaydi, ammo vaqti-vaqti bilan materikda sezilarli darajada kuchli zilzilalar ham bo’lib turadi.
Darhaqiqat, asosiy orolning janubidagi Nankay chuqurligi Yaponiya tarixidagi eng kuchli zilzilalar markazidir. Bu chuqurlik Shidzuokadan Kyushu orolining janubigacha cho'zilgan chuqur suv osti yorig'idir. Bu Yaponiya joylashgan Evroosiyo kontinental plitasi va Filippin dengizi plitasi deb ataladigan okean plitasining kesishgan nuqtasidir.
Okean plitasi materik plitasi ostiga ostiga surib borsa, materik plitasining qirg'og'ini ham pastga tortadi, bu esa kuchlanishga sabab bo'ladi. Oxir-oqibat, bu tortilgan kontinental plastinka o'zining buklanish chegarasiga yetadi va to'satdan yuqoriga ko'tarilib, zilzilani keltirib chiqaradi.
Bu zilzilalar Nankay mega-tarang zilzilalar deb ataladi va har doim kuchli darajada bo'ladi. Hatto, ba'zi holatlarda ushbu mega-zilzilalar bir-biriga ta’sir o’tkazadi va kuchli zilziladan qisqa vaqt o'tgach, yana biri yuz beradi, tiklanishga vaqt qolmaydi. Masalan, eng katta misol - 1707 yilda sodir bo'lgan zilzila Fudzi tog'ining otilishiga sabab bo'lgan. Kunimizda Yaponiya hukumati ushbu hududda navbatdagi mega-zilzila haqida ogohlantirish berdi.
Yaponiya meteorologiya agentligi ushbu ogohlantirishni 2024-yilda 2011-yildagi dahshatli zilzila va tsunamidan keyin ishlab chiqilgan yangi ko'rsatmalarning bir qismi sifatida e'lon qildi. Ushbu hodisa taxminan 18,500 kishining o'limiga va Fukusimadagi yadroviy falokatga olib keldi. Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Nankay chuqurligida sodir boʻladigan zilzilalar ham Yaponiyaning janubiy qirgʻoqlarida kuchli tsunamiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ogohlantirish jiddiy darajada e'tiborga olinmoqda.
Ammo shuni ta'kidlash joizki, ogohlantirish yaqin orada zilzila sodir bo'ladi degani emas. Faqat zilzila ehtimoli odatdagidan yuqori ekanligini aytadi.
Mutaxassislar kelgusi 30 yil ichida 8.0 ball yoki undan kuchli zilzila yuz berish ehtimolining 70% ekanligini bildirmoqdalar. Va bu amalga oshsa 300,000 nafar inson halok bo'lishi, yo'llar, portlar, elektr tarmoqlari kabi muhim infratuzilmalar ishdan chiqishi mumkin.
Xo'sh, odamlar bunga qanday munosabatda bo'lishlari kerak? Yaponiya zilzila zonalaridagi odamlarga oddiy, ammo muhim ehtiyot choralarini ko‘rishni eslatmoqda. Bular og'ir mebel buyumlar o’rnini mustahkamlash, favqulodda holatlar uchun aptechkalarni (oziq-ovqat, suv, qo'l fonari) tayyorlash va eng yaqin evakuatsiya yo'llarini bilish vahakazo…
Yaponiya olimlari ham ushbu mega-zilzilalar xavfini kamaytirish uchun doimo izlanishmoqda. Bu - erta ogohlantirish tizimlarini rivojlantirish, infratuzilmani mustahkamlash va seysmik faoliyatlarga oid ko'proq tadqiqotlar olib borish ma'nosini anglatadi.
Masalan, Yaponiyaning "Zilzilaga qarshi erta ogohlantirish" tizimi zilzilalarni aniqlaydigan sensorlar tarmog'idan foydalanib, zilzila sodir bo'lishidan oldin qimmatli soniya/daqiqalarni qo'lga kiritish orqali hayotni saqlab qoladi.
Yaponiya hozirda, zilzila va tsunamiga chidamli binolar va infratuzilmalarni qurmoqda, eski binolarni mustahkamlamoqda, yangi binolarni rivojlangan seysmik texnologiyalar bilan ta’minlamoqda. Maqsad - talofatni kamaytirish va odamlarning hayotini saqlab qolishdir.
Demak, mega-zilzilalar daxshatli ehtimol bo'lsa-da, Yaponiyaning faol choralari umid beradi. Zilzilalar ortidagi ilm-fan bizga ular qanchalik oldindan aytib bo'lmaydigan va halokatli bo'lishi mumkinligini ko'rsatsa-da, vahima qilmaslik va unga tayyor turish muhim. Buni ogoh bo’lish va tayyor turish orqaligina amalga oshirishimiz mumkin.
Bugungi mavzu shulardan iborat. Bizni tinglaganingiz uchun rahmat! Navbatdagi bo’limda uchrashguncha! Ushbu maqola TRT World’dan olingan.