Rossiya bilan Ukraina, Istanbul kelishuvi asosida yana mahbuslarni almashmoqda va shu doirada har ikki tomondan ham 303 nafardan iborat boʻlgan askarlar oʻz yurtlariga qaytarib berildi. Bu orqali eng yirik mahbuslar almashinuvining oxirgi bosqichi qayd etildi.
Rossiya bilan Ukraina, bu oy boshlarida Istanbulda erishilgan kelishuv asosida Moskva bilan Kiyev oʻrtasida amalga oshirilgan keng koʻlamli mahbuslar almashuvining uchinchi va soʻnggi bosqichini tasdiqladi.
Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida bugun berilgan bayonotda Ukraina 303 nafar rus askarini, Rossiya ham 303 nafar ukrain askarini qaytarganini ta’kidladi.
Bayonotda shuningdek, «Hozirda rus askarlari Belarus Respublikasi hududidalar va u yerda zarur psixologik va tibbiy yordam olmoqdalar», - degan ifodalarga oʻrin berdi. Askarlarning davolanish va reabilitatsiya uchun Rossiyaga qaytishlari ham ifoda etildi.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham «X» platformasi orqali bergan bayonotida almashuvni tasdiqlayb, bu almashuvning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun kecha - kunduz ishlagan jamoaga minnatdorchilik bildirdi.
Zelenskiy, «Har bir fuqaromizni rus asoratidan mutlaqo olib kelamiz», - dedi.
Istanbuldagi tinchlik muzokaralari
Turkiya, joriy yilning 16 – mayi kuni Istanbulda Rossiya bilan Ukraina oʻrtasida 3 yildan keyin birinchi marta toʻgʻridan - toʻgʻri oʻtkazilgan muzokaralarga mezbonlik qildi. Unda, har ikki mamlakatdan ham jami 1.000 kishini oʻz ichiga olgan keng koʻlamli mahbuslar almshinuvi ustidan kelishib olindi. Tomonlar, otashkesim muzokaralarini davom ettirish boʻyicha kelishib oldilar.
Kelishuv doirasida oʻtgan ikki kun ichida har ikki tomondan ham navbat bilan 390 va 307 nafar mahbus almashildi.