SPORT
1 daqiqa o'qish
Liverpulning futbol yulduzi Diogo Jota yo‘l - transport hodisasida vafot etdi
Ispaniya qirolligida jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlashda Fuqarolik gvardiyasi Jota va ukasining Zamora shahri yaqinida yo‘l - transport hodisasi oqibatida vafot etganini ma'lum qildi.
Liverpulning futbol yulduzi Diogo Jota yo‘l - transport hodisasida vafot etdi
5 соат олдин

Liverpool va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Diogo Jota va uning ukasi shimoli -g‘arbiy Ispaniyada avtohalokatda vafot etgani haqida politsiya xabar berdi. Bu voqea yulduz futbolchining turmush qurganidan bir necha hafta o‘tib sodir bo‘ldi.

Fuqarolik gvardiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Zamora viloyatining Cernadilla munitsipalitetida avtomobil yo‘ldan chiqib ketgan. Jota va uning ukasi Andre Felipening vafot etgani tasdiqlandi.

“Kutilmaganda Portugaliya nomini katta sharaf bilan himoya qilgan sportchi Diogo bilan uning ukasi Andrening o‘limi haqida xabar keldi. Judayam yomon voqea bo‘ldi. Oilalariga chuqur ta’ziya izhor etaman. Bu futbol, milliy va xalqaro sport dunyosi uchun qayg‘uli kundir”, - dedi Portugaliya Bosh vaziri Montenegro.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us