Buyuk Britaniyadagi Falastin missiyasi rahbari, G‘arb davlatlarining Falastin davlatini tan olishi, muammoni ikki davlat asosida hal qilish masalasini yo‘lga qo‘yish borasidagi shaxdam qadamlarning boshlang‘ich nuqtasi bo‘lishini ta’kidladi.
Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Avstraliya va Belgiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining yaqinlashib kelayotgan Bosh Assambleyasida Falastin davlatini tan olishini ma’lum qildi.
Buyuk Britaniya G‘azodagi gumanitar inqiroz yumshatilib, uzoq muddatli tinchlik jarayoniga sodiq qolingudek bo‘lsa unda Falastin davlatini tan olish qarori keyingiga qoldirilishi mumkinligini ta’kidladi.
Bu qadamlar, Isroilga G‘azodagi hujumlarini to‘xtatish va bosib olingan G‘arbiy Sohildagi aholi punktlarini kengaytirish harakatlariga chek qo‘yish uchun bosim o‘tkazishni kovzda tutmoqda.
Biroq, bunday tashabbuslar tanqidchilari, agar aniq harakatlar bilan qo‘llab - quvvatlanmagudek bo‘lsa unda tan olish haqidagi qarorlar ramziy bo‘lib qolish xavfi borligini qayd etdilar.
Falastinning Buyuk Britaniyadagi vakolatxonasi rahbari, elchi Husam Zomlot «Reuters» agentligiga bergan bayonotida: «Umid qilamizki, muammoning ikki davlat asosida hal qilinishi bir yurish emas, balki yugurishning boshlang‘ichi bo‘lib qoladi», - dedi.
Elchi so‘zlari davomida: «Biz Birlashgan Qirollikdan faol, samarali va mazmunli natija kutamiz», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
G‘azodagi genotsid yuzasidan tobora kuchayib borayotgan global tanqidlarga duch kelgan Isroil, Falastin davlatini tan olish haqidagi qarorlarni qoralab, bu Hamasni mukofotlashini ta’kidladi.
Muammoni ikki davlat asosida hal qilish qarori G‘azo va bosib olingan G‘arbiy Sohilda Falastin davlatini barpo etishni ko‘zda tutadi.
Biroq, noqonuniy aholi punktlari qurilishining tezlashishi chegara, qochqinlar va Quddus bo‘yicha hal etilmagan kelishmovchiliklar bilan birgalikda uning hayotiyligini buzadi.
Zomlotning ta‘kidlashicha, Buyuk Britaniyaning bu harakati Falastinda yahudiy xalqi uchun «milliy uy» yaratishni qo‘llab - quvvatlagan 1917 - yildagi Balfour deklaratsiyasi tufayli alohida o‘ringa ega bo‘ladi.
Vakilning ta’kidlashicha, agar xalqaro sharoitlar imkon bergudek bo‘lsa unda muammoni ikki davlat asosida hal qilish yo‘llari haligacha mavjud.
Zomlot: «Yetarlicha/mazmunli bosim o‘tkazgudek bo‘lsak unda bu mutlaqo mumkinligiga kafolat beraman», - dedi va Isroil aholi punktlarini demontaj qilishi kerakligini ta’kidladi.
2024 - yili Xalqaro Sud Isroilning bosqinchilik va aholi punktlarini qurish faoliyatini noqonuniy deb e’lon qildi va ularni zudlik bilan qayta olib tashlashi kerakligini ta’kidlagandi.