DUNYO
2 daqiqa o'qish
Janubiy Koreya muxolifati: Yoonning impichment qarorini kechiktirish mas'uliyatsizlikdir
Sud, Yoonning harbiy holat e’lon qilishini «anti - davlat» unsurlari uchun zarur deb baholagan 25 – fevral kuni mubohasalarni to‘xtatdi ammo tom ma’noda favqulodda harbiy boshqaruvni joriy etish ko‘zlanmaganini ta’kidladi.
Janubiy Koreya muxolifati: Yoonning impichment qarorini kechiktirish mas'uliyatsizlikdir
/ TRT World
17 март 2025

Janubiy Koreyaning muxolifatdagi Demokratik partiyasi, dushanba kuni mamlakatning Konstitutsiyaviy sudidan Prezident Yoon Suk - yeolning impichmenti bo‘yicha tezkor qaror qabul qilishini talab qildi. Ular mamlakatni kuttirish «mas’uliyatsizlik» ekanini qayd etar ekan, bu holat, ijtimoiy bo‘linishni ham chuqurlashtirayotganiga e’tibor qaratdi.

Sakkiz a’zodan iborat bo‘lgan sud uchinchi haftaga qadar muzokaralarini davom ettirar ekan, dekabr oyida qisqa muddatli harbiy holat e’lon qilgani bois Yoonning lavozimdan chetlatilishini talab qilayotganlar bilan uning takror o‘z vazifasiga qaytishini istagan tarafdorlar o‘rtasida siyosiy taranglik kuchaymoqda.

Sud, Yoonning harbiy holat e’lon qilishini «anti - davlat» unsurlari uchun zarur deb baholagan 25 – fevral kuni mubohasalarni to‘xtatdi ammo tom ma’noda favqulodda harbiy boshqaruvni joriy etish ko‘zlanmaganini ta’kidladi.

«Mamlakat bilan xalq xavf ostida qoldi» - dedi Demokratik partiya rahbariyatidan Kim Min -seok. U, o‘z so‘zida shuningdek: «Sudning mas’uliyatli qarorini kutyapmiz. Ortiqcha kechikish normal holat emas va mas’uliyatsizlikdir». – degan ifodalarga o‘rin berdi partiya yig‘ilishida.

Sobiq Prezident Pak Geun – hye, 2017 - yili,  impichment sudidagi oxirgi mubohasalardan 11 kun o‘tib lavozimidan chetlatilgan edi.

Janubiy koreyaliklar Seul poytaxtida yig‘ilib, konservativ liderning lavozimdan chetlatilishini qo‘llab - quvvatlamoqda. Ular kechikish asablarni buzgani va chalkashlikni battar kuchaytirganini ifoda etmoqdalar.

Yoon, Konstitutsiyaviy sud tomonidan dekabr oyida konstitusiyaviy burchi va ustivor vazifasini buzganlikda ayblanar ekan Demokratik partiya nazoratidagi parlament tomonidan impichment qilindi. Impichment qarorida uning huquq davlatiga jiddiy xavf soluvchi harakatlarga qo‘l urgani va asosan xuddi shu holat uni lavozimdan ketishiga sabab bo‘lgani ta’kidlandi.

Yoon, qo‘zg‘olon uyushtirishda ham ayblanmoqda. Bu ayblov o‘lim yoki umrbod qamoq bilan ham jazolanishi mumkin.

Yoonning harbiy holat e’lon qilishi oqibatlari konservativlar bilan liberallar o‘rtasidagi bo‘linishlarni kengayib, jamoatchilik orasida ham ziddiyatlarni kuchaytirdi. Bu esa davlat muassasalari ustida bosim tashkil etib, hukumatning siyosat ishlab chiqishni qiyinlashtirdi.

Mamlakatning eng yuqori harbiy qo‘mondonlaridan ba’zilari lavozimidan chetlatilib, harbiy holat farmoni bo‘yicha jinoyat sudida javobgarlikka tortilmoqda. Sobiq mudofaa vaziri Kim Yong – hyun qozg‘olon uyushtirishda ayblanayotgan edi va uning sudi dushanba kuni boshlanadi.

Yoonning impichment qilinishi va 14 – dekabr kuni vazifasidan chetlatilishi ortidan qisqa muddat prezidentlik qilgan Bosh vazir Han Duck – soo ham impichment qilindi va mamlakat hozirda Moliya vaziri Choi Sang – mok tomonidan boshqarilmoqda.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us