G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
«Sumud» floti faollari Ayshenur Ezgi Eygini unutmadi
G‘azoga oziq - ovqat, dori - darmon va boshqa zaruriy yordamlarni yetkazib berish uchun yoʻlga chiqqan «Sumud» floti faollari Ayshenur Ezgi Eygi yodga oldi.
«Sumud» floti faollari Ayshenur Ezgi Eygini unutmadi
7 сентябр 2025

«Sumud» floti kecha (6 - sentabr, 2025 - yil), oʻtgan 2024 - yilning 6 - sentabri kuni bosib olingan Gʻarbiy Sohilda uyushtirilgan namoyish paytida Isroil kuchlari tomonidan o‘ldirilgan Turk va Amerika fuqarosi bo‘lgan Ayshenur Ezgi Eygi xotirasini vafotinnig birinchi yilligida yodga oldi.

Mavzu haqida: «Ayshenur, yuz minglab falastinlik va ularni qo‘llab - quvvatlaganlar uzoq yillardan beri Isroil hukumati va bosqinlari yuzasidan o‘ldirildi. Eng yomoni, bu ishlar mutlaq jazosiz qoldi», - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Flot faollarining missiyasini: «Odamgarchilik va adolat asosida o‘rnatilgan tinchlik uchun kurashda halok boʻlganlar nomidan suzish», - deya ifoda etar ekan bu safarni «genotsidga qarshi munosabat bildirish», - sifatida koʻrishlarini o‘z so‘ziga ilova etdilar.

Bayonot yakunida: «Biz xavfsizligimiz va erkinligimiz Falastinning xavfsizligi va erkinligiga bogʻliq degan fikrdamiz. Xuddi Ayshenurdek chora ko‘rish yo‘lini tanlaymiz. Biz Falastin uchun suzar ekanmiz, u biz bilan birga», - deyildi.

Isroil snayperi Eygini o‘ldirdi

Turk – Amerika fuqaroligiga ega bo‘lgan 26 yoshli Eygi, o‘tgan 2024 - yilning 6 - sentabri kuni Nablus yaqinidagi Bayta shaharchasida Isroilning noqonuniy aholi punktlariga qarshi uyushtirilgan norozilik namoyishlari paytida Isroil harbiylari tomonidan o‘ldirildi.

Videolavhalardagi dalillar va guvohlarning ko‘rsatmalariga ko‘ra u Isroil snayperi tomonidan nishonga olingan bo‘lsa - da, Isroil harbiylarining dastlabki xulosalarida u katta ehtimol bilan bilvosita va tasodifan o‘qqa tutilgani iddao etilmoqda. Isroil kuchlari, shuningdek, namoyishchilarning tosh otishi ortidan o‘q uzilganini ilgari surmoqda.

Eygi xonimning oilasi, do‘stlari va guvohlar esa Isroilning bu bayonotini rad etib; uning o‘ldirilishini tinchgina namoyish uyushtirganlarni nishonga olgan va qasddan qo‘l urilgan hujum deb atamoqda. AQSh hukumatini esa mustaqil tergov o‘tkazishga chaqirmoqda. Eng yomoni, bugungacha, hech kim javobgarchilikka tortilmadi.

Turkiya prokurorlari Eygi xonimning o‘ldirilishi bo‘yicha tergov boshlatdi ammo 2025 - yilning 4 - sentabr holatiga ko‘ra tergov hali ham davom etmoqda.

Joriy 2025 - yilning iyul oyida boshlatilgan «Sumud» floti, Barselona kabi portlardan yo‘lga chiqqan 50 dan ortiq kemani o‘z ichiga oladi. Ushbu xalqaro insoniy tashabbus, G‘azo sektoridagi Isroil dengiz blokadasini buzishni ko‘zlamoqda.

Eng asosiy maqsad esa ocharchilik rasman e’lon qilingan G‘azoga oziq - ovqat, dori - darmon va boshqa zaruriy yordamlarni yetkazib berishdir.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us