Ozarbayjon bilan Rossiya, Yekaterinburg shahrida ikki nafar Ozarbayjon fuqarosining nazorat ostida jon berishi bilan yakunlangan politsiya bosqini ortidan bir – biriga qarshi diplomatik tusda norozichilik bildirdi.
Rossiya Tashqi Ishlar vazirligi Boku tomonidan oxirgi vaqtlarda amalga oshirilgan va «do‘stcha bo‘lmagan» harakatlar bilan o‘zaro munosabatlarga ziyon yetkazish maqsadida qasddan tashlangan qadamlar tufayli Ozarbayjonning Moskvadagi elchisi Rahmon Mustafoyevni chaqirib, norozichilik bildirdi.
Uchrashuvda Mustafoyevga bir kun avval Bokuda nazorat ostiga olingan va davlat tomonidan qoʻllab - quvvatlanadigan Sputnik agentligining ikki nafar rossiyalik xodimini ozod etishni talab qilgan nota topshirildi.
Ozarbayjon Ichki Ishlar vazirligi dushanba kuni bergan bayonotida, Sputnik agentligining Ozarbayjon poytaxtidagi vakolatxonasida bir amaliyot uyushtirilganini tasdiqladi. Nazorat ostiga olinganlar orasida agentlik rahbari Igor Kartavix bilan Bosh muharrir oʻrinbosari Yevgeniy Belousov ham bor edi.
Bu hamla juma kuni Yekaterinburgda uyushtirilgan va ikki nazar Ozarbayjon fuqarosi nazorat ostiga olinishi ortidan jon bergan politsiya bosqini ortidan yuz berdi. Boku, voqea ustidan surishtirish ishlari yuritilishi va mas’ullarning javobga tortilishini talab qildi.
Bunga qo‘shimcha ravishda Ozarbayjon Tashqi Ishlar vazirligi Rossiyaning muvaqqat ishlar vakilini chaqirib, rus huquq - tartibot idoralari xodimlari Ozarbayjon fuqarolarini so‘roq qilish chog‘ida qiynoqqa solish va qadr - qimmatni kamsituvchi muomala qo‘llagani haqida diplomatik nota berdi.
Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Ayxan Hojizodaning aytishicha, notada rus politsiyasining xatti - harakatlari huquqiy normalar va xalqaro miqyosda tan olingan inson huquqlarining buzilishi sifatida baholangan. Yana Hojizodaning bildirishicha, Ozarbayjon tomoni, bosqinlar va ommaviy axborot vositalarida aks etgan lavhalarda kuzatilgan etnik murosasizlikdan chuqur xavotirda ekanini yetkazgan.
«Notada, bu harakatlar Ozarbayjon xalqi tomonidan o‘ta salbiy tusda qarshi olindi», - degan Hojizoda tezlik bilan, shaffof ravishda tergov o‘tkazilishi va aybdorlar javobgarchilikka tortilishi zarurligini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Ozarbayjon elchisi, shuningdek, Sputnik agentligining Ozarbayjon ofisidagi huquqni muhofaza qilish amaliyoti ichki qonunchilik va xalqaro majburiyatlarga muvofiq ekanini yana bir bor ta’kidladi.
Ozarbayjon Bosh prokuraturasi tomonidan da’vo qo‘zg‘atilgani ma’lum qilindi.
Hojizodaning aytishicha, notada Ozarbayjonning ichki ishlariga aralashishdan ogohlantirilgan va Rossiya hukumati noqonuniy harakatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarga putur yetkazganlikda ayblangan.