Gumonlanuvchilar, Shimoliy Kipr Turk Respublikasida (ShKTR) mol - mulk xarid qilib olgan shaxslarga nisbatan Kiprning grek qismi yetakchilari tomonidan huquqiy jarayon boshlatilishi uchun hujjat to‘playotgani bildirildi.
Xavfsizlik manbalariga ko‘ra Shimoliy Kipr Turk Respublikasida (ShKTR) yer o‘lchash va baholash ishlari olib borilayotgan bir paytda Kiprning grek qismi fuqarolari ekani aniqlangan to‘rt kishi politsiya tomonidan qo‘lga olindi.
Politsiya manbalarining aytishicha, gumonlanuvchilar Iskele shaharchasi yaqinida yer o‘lchsh ishlari olib borayotgan bir paytda xavfsizlik kuchlari tomonidan ushlangan.
Shubhalilarning, ShKTRda mol - mulk xarid qilib olgan shaxslarni aniqlash va ular haqida huquqiy jarayonlar boshlatmoqchi bo‘lgan Kiprning grek qismi yetakchilariga yordam berish niyatida hujjat to‘plagani taxmin qilinmoqda.
Qo‘lga olingan to‘rt kishining sud oldiga chiqarilishi kutilmoqda. Rasmiylar bu shaxslarning Grek Razvedka Tashkiloti bilan aloqasi bor yoki yo‘qligi va ular harakatlari ortida kim yoki kimlar turganini aniqlash ustida ish olib bormoqda.
O‘tgan yildan beri grek yetakchiligi, Shimoliy Kipr Turk Respublikasida mol - mulk xarid qilib olgan shaxslarga nisbatan huquqiy choralar ko‘rib kelmoqda. Hatto, ayrimlarini hibsga olish holatlari kuzatilmoqda.
Shimoliy Kipr Turk Respublikasi rasmiylari bu kabi harakatlarning asl maqsadi qurilish sohasini, umuman olganda esa butun iqtisodiyotni zaiflashtirishdan iboratligini ta’kidlamoqda.
O‘n yillab davom etgan muammo
Kipr orolida Birlashgan Millatlar Tashkilotining turli yechim topish sa’y - harakatlariga qaramay greklar bilan turklar o‘rtasidagi muammo o‘nlab yillardan beri davom etmoqda.
Turklar 1960 - yillarning boshlarida boshlangan etnik hujumlar natijasida xavfsiz hududlarga chekinishga majbur bo‘ldilar.
Orolni Gretsiyaga qo‘shib olishni ko‘zlagan greklar tomonidan 1974 – yili uyushtirilgan to‘ntarishga javoban, Turkiya, kafil davlat sifatida Kipr turklarini zulm va shiddatdan himoya qilishga kirishdi. Shu doirada harbiy amaliyot boshlatdi. Natijada, 1983 - yili Shimoliy Kipr Turk Respublikasi tashkil topdi.
So‘nggi yillarda Turkiya, Gretsiya va Buyuk Britaniya kabi kafil davlatlar kuzatuvida 2017 – yili Shvyetsariyada muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan muzokaralar ham doxil tinchlik jarayoni vaqti – vaqti bilan takror kun tartibiga olib chiqilmoqda.
Kiprning grek qismi 2004 - yili Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘ldi. Xuddi o‘sha yili greklar uzoq davom etgan nizoni tugatishga qaratilgan BMT rejasini bir tomonlama rad etdi.