TURK DUNYOSI
1 daqiqa o'qish
Kipr masalasiga siyosiy yechim yo'lida diplomatik sa'y-harakatlar kuchaymoqda
AQShning Nyu-York shahrida Kipr muzokaralari yakunlandi. Muzokaralarga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi mezbonlik qildi.
Kipr masalasiga siyosiy yechim yo'lida diplomatik sa'y-harakatlar kuchaymoqda
KKTC'da Ingliz mustamlakachilik idarasiga qarshi kurashning 67-yilligi munosabati bilan shahidlar xotiralandi / AA
18 июл 2025

Kipr uchrashuviga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres mezbonlik qildi. Yig’ilishda Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar va Kipr Rum boshqaruvi rahbari Nikos Christodoulides bilan bir qatorda kafil davlatlardan Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Gretsiya Tashqi ishlar vaziri George Gerapetritis va Angliya Davlat vaziri Stephen Doughty ishtirok etdi.Uchrashuvdan keyin matbuot anjumani uyushtirgan Ersin Tatar, “Kipr Turk tomonining suveren tengligi va teng xalqaro maqomi tasdiqlanmaguncha, rasmiy yechim muzokaralarini qayta boshlamaymiz” dedi.

Ersin Tatar, o'tish darvozalari bilan bog'liq soatlab davom etgan muzokaralar yakuniga yetmaganini, ammo davom etgan muzokaralar orqali hal qilinishi mumkinligini ta'kidladi.

Uning ta'kidlashicha, tomonlar sentyabrda va yil oxirida yana uchrashishga kelishib olgan.Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish uchrashuv bilan bog'liq bayonot berib, taraqqiyotga erishilganiga urg'u berdi.

Uchrashuv doirasida Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres bilan ham uchrashdi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us