SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Zelenskiy ittifoqchilarini Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatishga chaqirdi
Zelenskiy ittifoqchilarini Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatishga va sanksiyalardan qochish uchun «bahona qidirishni to‘xtatishga» chaqirdi.
Zelenskiy ittifoqchilarini Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatishga chaqirdi
4 соат олдин

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ittifoqchilarini Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatishga va sanksiyalardan qochish uchun «bahona qidirishni to‘xtatishga» chaqirdi.

Donald Trump, AQShning yolg‘iz o‘zi sanksiyalar qo‘llashni istamasligi ammo NATO tarkibidagi barcha davlat bir xil sanksiyalarni yoʻlga qoʻygudek boʻlsa unda AQSh ham ularni kuzatishini qayd etdi.

Zelenskiy o‘zining «X» platformasida: «Barcha hamkorlarimizni sanksiyalar qo‘llamaslik uchun bahona izlashni bas qilishga chaqiraman. Yevropa, AQSh, G - 7, G - 20», — deb yozib qoldirgan.

«Rossiya neftini iste’mol qilishni kamaytirish zarur va bu, albatta, Rossiyaning jangovar qobiliyatini pasaytiradi. Biz AQSh pozitsiyasini koʻryapmiz va bu munosabatga boshqa sheriklardan koʻra Rossiyadan manba olishni afzal koʻrgan hamma e’tibor berishi kerak», - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Vaqt juda muhim

Shu bilan birga, Ukrainadagi urush tufayli Rossiyaga nisbatan qattiq sanktsiyalar joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqqan AQShning ikki nafar kongress a’zosi, shanba kuni bergan bayonotida, bu hafta o‘z hamkasblarini qonun loyihasini federal hukumat faoliyatini davom ettirishini ta’minlaydigan «majburiy» qonunchilikka qo‘shishga ko‘ndirishga harakat qilishlarini qayd etdi.

Respublikachi senator Lindsey Graham bilan vakillardan Brian Fitzpatrick, Moskva Ukraina bilan tinchlik kelishuvi boʻyicha muzokaralardan bosh tortgudek boʻlsa degan ehtimolga qarshi ayrim chora - tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini bir necha oydan beri qoʻllab - quvvatlab kelmoqda. Ushbu chora - tadbirlar Rossiya neftini sotib olgan Hindiston va Xitoyga nisbatan ikkilamchi sanksiyalarni ovz ichiga oladi.

Senat va Vakillar palatasi rahbarlari, Prezident Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashni istamagani bois qonun loyihasini ovozga qo‘yishdan qochdi. Buning oʻrniga Tramp Rossiya neftining dunyodagi ikkinchi yirik xaridori boʻlgan Hindistondan AQShga kiruvchi tovarlarga tariflar joriy etishni ma’qul koʻrdi. Xitoy bu sohada yetakchi xaridor hisoblanadi.

Davom etish haqidagi qaror yoki qisqacha CR deb nomlanuvchi va mutlaqo tasdiqlanishi kerak boʻlgan byudjet toʻgʻrisidagi qonun loyihasi, qonun loyihasini boshqarganlarga qabul qilish imkoniyatini berishi mumkin.

Graham va Fitzpatrick oʻz bayonotida, vaqt juda muhim ekanini ifoda etgan holda: «Bu hafta biz har ikki partiyadagi hamkasblarimizni ushbu qonunchilikni ilgari surish va erkinlik yoʻlida zulmga qarshi turishga chaqiramiz», - dedi.

Qonunchilar Trampning shanba kuni bergan bayonotida, AQSh Rossiyaga yangi energetika sanksiyalarini joriy etishga tayyorligi ammo NATO tarkibidagi davlatlar Rossiya neftini xarid qilib olishni toʻxtatib, bir xil sanksiyalarni yoʻlga qoʻygudek boʻlsa unda AQSh ham ularni kuzatishi mumkinligini qayd etgan soʻzlariga maqtov yogʻdirdi.

Ular shuningdek: «Sanktsiyalar va bojlar, shuningdek, Ukrainaga ilgʻor Amerika qurollarini sotish ishlari Putinni adolatli va sharafli tarzda tinchlik stoliga oʻtirishning kaliti ekaniga ishonchimiz komil», - degan ifodalarga oʻrin berdi.

 

 

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us