Ukraina kecha, 09 - sentabr kuni bergan bayonotida, mamlakat sharqidagi Donetsk viloyatidagi bir qishloqqa qarshi Rossiya Harbiy - havo kuchlari tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mazkur voqeaga, markazi AQShda joylashgan «X» ijtimoiy tarmoq platformasi orqali bergan bayonotida: «Donetsk viloyatidagi Yarova qishloq aholi punktini nishonga olgan va havo bombasi orqali uyushtirilgan shafqatsiz rus havo hujumi», - degan soʻzlar bilan e’tibor qaratdi.
Zelenskiyning taʼkidlashicha, hujum, nafaqa maoshlari tarqatilgan payda qayd etilgan.
Ukraina Prezidenti soʻzlari yakunida: «Rossiyaning bunday hujumlariga butun dunyo munosib javob berishi kerak... Amerika Qoʻshma Shtatlari ham, Yevropa ham javob berishi zarur. G - 20 tarkibidan bir javob kerak. Rossiya oʻlim tarqatishni to'xtatish uchun kuchli qadamlar tashlanishi shart», - degan ifodalarga oʻrin berdi.
Hujum ortidan
Donetsk gubernatori Vadim Filashkin Telegram orqali mavzu haqida bergan bayonotida, hujumda kamida 21 kishi halok bo‘lgani va yana ana shuncha inson tan jarohati olganini ma’lum qildi.
Filashkinning qo‘shimcha qilishicha, hozirda favqulodda vaziyat xodimlari voqea joyida hujumdan jabrlanganlarga yordam berishga va hujum oqibatlarini yana - da aniqlashga harakat qilmoqda.
Ukraina rasmiylari bu borada qo‘shimcha ma’lumot bermadi, Rossiya rasmiylari esa hech toʻxtalmadi.
Yarova, Donetskda davom etayotgan Rossiya - Ukraina urushidagi asosiy jabha hisoblangan Liman shahridan taxminan 14 kilometr (8,6 milya) shimoli - gʻarbda joylashgan.
Shuningdek, Moskva 2014 - yili Donetsk shahri nazoratini qoʻlga kiritganidan beri Ukraina sharqidagi mintaqaning vaqtinchalik markazi hisoblangan Kramatorsk yaqinidagi Slovyansk shahridan taxminan 23 kilometr (14 milya) shimolda oʻrin olgan.