SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Senegal sudi jinoyatchilar uchun amnistiya qonunini bekor qilish tashabbusiga monelik qildi
Senegalning Konstitutsion kengashi yangi amnistiya qonunini konstitutsiyaga zid deb e'lon qilish orqali raqobatchilar oʻrtasidagi yangi siyosiy taranglikni kuchaytirdi.
Senegal sudi jinoyatchilar uchun amnistiya qonunini bekor qilish tashabbusiga monelik qildi
24 апрел 2025

Senegalning Konstitutsiyaviy kengashi chorshanba kuni sobiq prezident Makki Sall davrida qabul qilingan amnistiya qonunini qayta koʻrib chiqqan va yangi hukumat tomonidan tasdiqlangan qonunni bekor qildi.

Bosh vazir Ousmane Sonko, Sall davrida qabul qilingan va tanqidchilar tomonidan 2021 - yilning fevral oyi bilan 2024 - yilning fevral oyi oʻrtasida qoʻl urilgan jinoyatlardan mas’ul shaxslarni himoya qilgani iddao etilgan amnistiya qonunini bekor qilishga va’da bergan edi.

Ushbu davrda oʻnlab jinoyatga qoʻl urilgan boʻlib, yuzlab muxolif koʻz qarashdagi inson nazorat ostiga olingandi. Nazoratga olinganlar orasida amaldagi prezident Bassirou Diomaye Faye bilan Bosh vazir Sonko ham bor edi.

Amnistiya qonuni Sallning 2012 - yildan boshlab 2024 - yilga qadar davom etgan prezidentlik davrining oxirgi haftalarida, boshqacha qilib aytganda, 2024 - yilning mart oyida siyosiy taranglikni yumshatish maqsadida qabul qilingandi.

Ammo aprel oyining boshida Sonko boshchiligidagi yangi hukumat parlamenti qotilliklar, suiqasdlar, qiynoq va vahshiyliklar kim yoki kimlar tomonidan va qanday sabab bilan qoʻl urilganidan qat’iy nazar amnistiya doirasidan chiqarib tashlashni ko‘zda tutuvchi moddalarni kiritgan.

Yangi matn 2021 - 2024 yillar orasida yuz bergan voqealar bilan bogʻliq sobiq hukumatning yuqori lavozimli shaxslarini javobgarlikka tortishga imkon berdi ammo muxolifat buni Sonkoning iqtidordagi yoki hukmron Pastef partiyasi tarafdorlarini himoya qilish tashabbusi ekaniga ishonmoqda.

Yangi qonun matnida Senegal ham qo‘llab – quvvatlagan xalqaro huquq nuqtayi nazaridan jinoyat hisoblangan kelishuvlar asosida muqarrar ravishda eskirmaydigan ayrim harakatlarning kechirilishi, konstitutsiyaviy tartibga zid qadam sifatida ko‘rilmoqda. Mutaxassislarga ko‘ra, bunday harakatlarni amnitsiyaga tushirish, ham xalqaro majburiyatlar hamda Senegal Konstitutsiyasini buzish degan ma’noni anglatadi.

Jazosiz qolgan jinoyatchilarga qarshi qaror

Ham hukumat hamda muxolifat qanotlari kengash qarorini turlicha talqin qilganlar va shuning uchun ikkala tomon ham nomi tilga olgan qarorni o‘z foydasiga deb o‘ylagan.

Hukmron partiya chorshanba kuni mavzu haqida bergan bayonotida:

«Jabrlanuvchilarga shikoyat qilish imkoniyati berilgani bois, zo‘rovonlik qilganlar jazosiz qolmasin degan talablarimizga javob berildi. Bunga ishonchimiz komil», - dedilar.

Boshqa jihatdan sobiq prezident Sall partiyasi, kengash qarorini hukumat uchun «og‘ir rad» sifatida baholadi.

Konstitutsiyaviy huquq bo‘yicha dotsentlardan birining qayd etishicha, qaror ham hukmron hamda muxolifat partiyalari uchun ijobiy tusda talqin qilinishi mumkin.

«Kengash (qayta ko‘rib chiqilgan amnistiya qonunini) rad etdi va u Davlat rahbari tomonidan kuchga kiritilishi mumkin emas», - dedi kim ekani haqida ma’lumot berishni istamagan mutaxassis.

Ammo Kengash shuningdek, «jinoyatlar, qiynoq, qotilliklar va boshqalar muddatsiz va sud qilinishi mumkin. Bu borada hukumat o‘z maqsadiga erishdi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Prezident Bassirou Diomaye Faye, barcha faktlarni aniqlashtirish uchun amnistiya qonunini bekor qilishga va’da bergandi.

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us