MADANIYAT
2 daqiqa o'qish
AQShdagi kutubxonalardan birida qadimiy asarlar soxtasi bilan almashtirib qo‘yildi
AQShning Kaliforniya shtatida Xitoyning qadimiy qo‘lyozmalari soxtasi bilan almashtirib qo‘yildi.
AQShdagi kutubxonalardan birida qadimiy asarlar soxtasi bilan almashtirib qo‘yildi
8 август 2025

Kaliforniyada Xitoyning qadimiy va nodir qo‘lyozmalarini soxtasi bilan almashtirib qo‘ygani taxmin qilingan foydalanuvchi, 216 ming dollarlik o‘g‘irlikda ayblanmoqda. Bu haqida, kecha payshanba kuni AQSh rasmiylari ma’lumot bo‘lishdi.

AQSh Adliya vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, Jeffery Ying, Kaliforniya universitetining Los - Anjelesdagi kutubxonasida 600 yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan klassik asarlarga erishish uchun bir necha soxta ism ishlatgan.

Hozirda 38 yoshda bo‘lgan Ying asarlarni o‘qib turish uchun olib, bir necha kundan keyin o‘rniga soxta qo‘lyozmalar olib kelgan. Hujjatlarga ko‘ra, u ko‘pincha shundan so‘ng Xitoyga safar qilgan.

Adliya vazirligi, «Kutubxona bir nechta Xitoyning qadimiy qo‘lyozmalari yo‘qolganini payqadi va ilk tergov natijasiga ko‘ra kitoblar oxirgi marta Alan Fujimori degan kitobxon tomonidan foydalanilgani aniqlandi», - dedi.

Detektivlar Ying yashayotgan Los - Anjelesdagi mehmonxonaga bosqin uyushtirib, natijada, nomi tilga olingan kitoblarga o‘xshash beshta qo‘lyozma topgan.

Bunga qo‘shimcha ravishda nomi tilga olingan qo‘lyozmalar bilan aloqasi borligi taxmin qilingan va orginal kitoblar o‘rniga kutubxonaga qayta topshirish niyatida tayyorlangan soxta kitoblar tayyorlash uchun foydalaniluvchi kichik qog‘ozchalar ham qo‘lga kiritilgan.

Kutubxonalar qadimiy va nodir asarlarni faqatgina o‘z o‘rinda foydalanishga ruxsat bermoqda; bunday asarlarning aslida oddiy kitoblardek uyga olib ketilishiga ruxsat berilmaydi.

San - Fransisko ko‘rfazi hududidagi Fremont shahrida yashagan Yingning, turli ismlar bilan bir nechta kutubxona kartalari borligi ham aniqlandi.

Hozirda shtat qamoqxonasidagi nazorat ostida tutilgan Ying, agar bu yirik san’at asarini o‘g‘irlashda haqiqatdan ham aybdor deb topilgudek bo‘lsa, unda, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Xitoy dunyodagi eng tez rivojlanayotgan san’at bozorlaridan biriga ega bo‘lib, davlat tomonidan tasdiqlangan muzeylar soni ko‘payib bormoqda. Ayni vaqtda boyib borayotgan va milliy qadriyatlarga alohida e’tibor bergan o‘rta sinf mamlakatning madaniy merosini qaytarib olishga intilishi tufayli, xususiy san’at bozorlari ham jonlandi.

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us