Hukumat bergan bayonotga ko‘ra Turkiya rim imperatori Mark Avreliy tasviri ekani taxmin qilingan qadimiy haykalni, mamlakatdan noqonuniy yo‘llar orqali olib chiqilgan tarixiy ashyolarni qaytarib olish sa’y – harakatlari doirasida AQShdan qaytarib oldi.
Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Erso‘y shanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda mavzu haqida:
«Bu uzoq davom etgan bir kurash edi. Biz haq edik, qat’iy edik, sabrli edik va g‘alaba qozondik… Faylasuf va imperator Mark Avreliyni o‘zi oid bo‘lgan yerga, yurtimizga qaytardik». - dedi.
Turk rasmiylariga ko‘ra Turkiyaning janubi - g‘arbiy qismida joylashgan Burdur viloyati, Go‘lxisar tumani, Ibejik qishlog‘ida o‘rin olgan Boubon qadimiy shahridan 1960 - yillarda o‘g‘irlangan bronza haykal Turkiyaga 65 yildan keyin qaytarildi.
Mehmet Nuri Erso‘y bu noyob asar bir vaqtlar AQShda namoyish etilgani, u ilmiy tahlillar, arxiv hujjatlari va guvohlarning bayonotlariga asoslangan holda Turkiyaga qaytarilganini ta’kidladi.
Tarixiy muvaffaqiyat
Erso‘y: «Nyu - York Manxetten okrugi prokuraturasi va AQSh Ichki xavfsizlik tergov bo‘limi bilan olib borilgan bu jarayon shunchaki emas; bu diplomatiya, huquq va fan kuchi bilan erishilgan tarixiy yutuqdir. Mark Avreliyning mamlakatimizga qaytishi yillab davom etgan adolat izlanishlarimizning aniq natijasidir », - dedi.
Bosh qismi yo‘q haykal Turkiyaga qaytarilishidan oldin, aprel oyidan iyulgacha Klivlend san’at muzeyida namoyish etilgandi.
Erso‘y, Turkiya o‘zining noqonuniy olib ketilgan barcha madaniy meroslarini himoya qilishda qarorli ekanini bildirdi.
Madaniyat va turizm vaziri so‘zlari yakunida: «Faylasuf imperatorni yaqin kunlarda Anqarada syurpriz bir ko‘rgazmada xalqimizga namoyish etamiz» – dedi.